Nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga rahbar tayinlandi

Obuna bo‘lish
A.Karimov bunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Kuni kecha yangi tashkil etilgan mazkur tibbiyot markaziga Abdufarrux Karimov direktor etib tayinlandi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.  

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligi kaltaklangan shifokor voqeasiga munosabat bildirdi

42 yoshli tibbiyot fanlari nomzodi A.Karimov uzoq yillar davomida Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining qator nufuzli davolash muassasalari va klinikalarida neyroxirurg sifatida faoliyat ko‘rsatish bilan birga, malaka oshirib, ilmiy izlanishlar olib borgan. Rus va ingliz tillarini mukammal o‘zlashtirgan.

A.Karimov bunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 30-avgustdagi qaroriga muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilindi.

Endilikda markaz nevrologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning yagona vertikal tizimini yaratish, davlat tibbiyot tashkilotlarining nevrologiya bo‘limlarini tashkiliy-uslubiy boshqarish, eksperimental va klinik nevrologiya sohasida zamonaviy texnologiyalar yordamida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlarni va nevrologik kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlashga doir izlanishlar bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0