https://oz.sputniknews.uz/20210216/zbekiston-va-Zhanubiy-Koreya-kosmosni-rganish-byicha-ishchi-guru-tuzdi-16011656.html
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. 16.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-16T13:47+0500
2021-02-16T13:47+0500
2021-02-16T13:47+0500
jamiyat
o‘zbekiston
janubiy koreya
kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/01/15300055_0:222:2048:1380_1920x0_80_0_0_0e11083fd3480488330812b84f7b0fed.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) va “SI Imaging Services” kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.Muloqotda koronavirus pandemiyasi davom etayotganiga qaramasdan, tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etildi. Jumladan, Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi, Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti, shuningdek, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari o‘rtasida bir necha bosqichda muzokaralar o‘tkazilgan.Shavkat Mirziyoyev kosmos agentligini tashkil etdiTa’kidlanishicha, yaiin kunlarda qo‘shma ishchi guruh mutaxassislari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkaziladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston kosmosda hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning matnini tasdiqlagani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20190919/Samoga-parvoz-zbekkosmosning-masad-va-vazifalari-belgilandi-12456538.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/01/15300055_0:157:2048:1445_1920x0_80_0_0_fdce8a29671d5d1b985f1d2e47f74434.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, janubiy koreya, kosmos
jamiyat, o‘zbekiston, janubiy koreya, kosmos
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi, deb
xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) va “SI Imaging Services” kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.
Muloqotda koronavirus pandemiyasi davom etayotganiga qaramasdan, tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etildi. Jumladan, Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi, Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti, shuningdek, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari o‘rtasida bir necha bosqichda muzokaralar o‘tkazilgan.
Ta’kidlanishicha, yaiin kunlarda qo‘shma ishchi guruh mutaxassislari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston kosmosda hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning matnini
tasdiqlagani xabar qilingan edi.