Samoga parvoz: “O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

© Lehrstuhl für Astrophysik, RUBFoto Mlechnogo Puti
Foto Mlechnogo Puti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarorda Agentlik o‘z faoliyatida mustaqil ekani va faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi belgilab qo‘yilgan.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Roskosmos predstavil pervie fotografii rekordnogo vixoda v otkritiy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev kosmos agentligini tashkil etdi

Qaror bilan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom hamda ushbu Agentlik tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Agentlik o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mazkur Agentlik kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik bosh direktori va o‘rinbosarlari Hukumat qarori bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0