Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l: Rossiya YeI bilan aloqalarni uzishga tayyor - Lavrov

Obuna bo‘lish
YeI Rossiya iqtisodining nozik sohalariga sanksiyalar kiritishda davom etsa, Moskva aloqalarni uzishga tayyor.
TOShKENT, 12 - fev, Sputnik. Yevropa Ittifoqi sanksiyalar kiritishda davom etsa, Moskva Brussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Solovyev LIVE" kanalida bergan intervyusida aytib o‘tdi. 
"Biz tayyormiz, agar oldin birn necha marotaba bo‘lganidek, iqtisodimizning turli sohalariga, jumladan  eng nozik sohalariga ham ta’sir qiluvchi sanksiyalar kiritilishida davom etaversa, Moskva Brussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi", - dedi Lavrov.   
"Albatta, biz dunyo hayotidan ajralib qolishni istamagan bo‘lardik, lekin bunga tayyor bo‘lish kerak. Tinchlik istasang - urushga tayyor bo‘l", - deb qo‘shimcha qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri. 
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Moskvaga tashrif buyurgan YeI tashqi ishlar vaziri Aleksey Navalniyni ozodlikka chiqarishni talab qilgan edi. Rossiya hukumati rad javobini berganidan so‘ng YeI "Shimoliy oqim-2"ni bloklab qo‘yish bilan po‘pisa qilgan edi.
Undan bir necha kun oldin esa, Rossiya Aleksey Navalniy tarafdorlari mitingida ishtirok etgan 3 nafar Yevropa diplomatlarini (Shvetsiya, Germaniya i Polsha) persona non-grata deb e’lon qilib mamlakatni tark etishni talab qilgan edi.
Shuningdek, Navalniy sudi majlisiga 14 davlat diplomatlari tashrif buyurishgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirlig maxsus vakili Mariya Zaxarova diplomatlarning ushbu ommaviy tashrifini "Rossiya ichki ishlariga aralashish" deb atagan edi.
Yangiliklar lentasi
0