https://oz.sputniknews.uz/20210215/Rossiyadagi-eringga-yuboraman-oilali-alni-shantazh-ilgan-tovlamachi-zhinoyat-ustida-ushlandi-16007342.html
“Rossiyadagi eringga yuboraman”: oilali ayolni shantaj qilgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi
“Rossiyadagi eringga yuboraman”: oilali ayolni shantaj qilgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatida erkak bir oilali ayolni intim video bilan qo‘rqitib, 500 dollar ishlab olmoqchi bo‘ldi. 15.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-15T17:23+0500
2021-02-15T17:23+0500
2021-04-22T14:12+0500
hodisalar
tovlamachi
jinoyat
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0f/16006441_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_f36aef71f72a9a293efd654a91e2f6dc.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Surxondaryo viloyatida oilali ayolni video bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.Ma’lum qilinishicha, 4-fevral kuni 40 yoshli Nodira B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 31 yoshli Bahrom U.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Erkak ayolning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatish va uning Rossiyada ishlab yurgan turmush o‘rtog‘iga yuborish bilan qo‘rqitgan. Videoni o‘chirish tashlash uchun 500 dollar talab qilgan.Erkak jabrlanuvchidan 5,2 million so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB Bahrom U.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.Dastlabki tergov davom etmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida bir qizni telefon suhbatlari bilan qarindoshlari o‘rtasida sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilikka qo‘l urgan yigit ushlangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20200917/asoskor-oshi-bukhorolik-yigit-sobi-sevgilisidan-1000-dollar-talab-ildi-15000508.html
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0f/16006441_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_bba07628721ed4787e3d187e31b76b25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , tovlamachi, jinoyat, surxondaryo
hodisalar , tovlamachi, jinoyat, surxondaryo
“Rossiyadagi eringga yuboraman”: oilali ayolni shantaj qilgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi
17:23 15.02.2021 (yangilandi: 14:12 22.04.2021) Surxondaryo viloyatida erkak bir oilali ayolni intim video bilan qo‘rqitib, 500 dollar ishlab olmoqchi bo‘ldi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Surxondaryo viloyatida oilali ayolni video bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti
xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 4-fevral kuni 40 yoshli Nodira B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 31 yoshli Bahrom U.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Erkak ayolning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatish va uning Rossiyada ishlab yurgan turmush o‘rtog‘iga yuborish bilan qo‘rqitgan. Videoni o‘chirish tashlash uchun 500 dollar talab qilgan.
Erkak jabrlanuvchidan 5,2 million so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB Bahrom U.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida bir qizni telefon suhbatlari bilan qarindoshlari o‘rtasida sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilikka qo‘l urgan yigit
ushlangan edi.