“Sharmanda qilaman”: Qashqadaryoda tovlamachi “oshiq” yigit qo‘lga olindi

© Press-slujba Sledstvennogo departamenta pri MVD RUzV Kashkadarye paren shantajiroval devushku ix zapisami telefonnix razgovorov
V Kashkadarye paren shantajiroval devushku ix zapisami telefonnix razgovorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2021
Obuna bo‘lish
Qarshi shahrida yigit sevgan qizi bilan bo‘lgan telefon suhbatlarini ming dollarga baholagan. Bu pullarni qizning onasidan olayotgan vaqtda esa qo‘lga tushgan.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir qizni qarindoshlari o‘rtasida sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilikka qo‘l urgan yigit ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2020
Toshkentda 18 yoshli qizni shantaj qilishdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro I.Q. Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, 21 yoshli Shahzod X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, yigit uning qizi S. bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olgan va qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 dollar talab qilgan.
Yigit o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida maxsus kimoviy ishlov berilgan 1000 dollarni olgan vaqtida ushlangan. Ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0