TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentda tovlamachilikda gumonlanuvchi qiz qoʻlga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, oktyabr oyi boshida ichki ishlar organlariga 18 yoshli D.O. murojaat qilib, undan 300 dollarni tovlamachilik qilib olmoqchi boʻlgan 20 yoshli U.A.ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Fuqaro D.ni shaxsiy maʼlumotlarini tarqatish bilan qoʻrqitgan.
19 oktyabr kuni soat 18.00 da U. pul olish vaqtida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 165 moddasi (“Tovlamachilik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.