https://oz.sputniknews.uz/20210214/Imom-Bukhoriy-mazhmuasida-mutasham-maszhid-uriladi-15997397.html
Imom Buxoriy majmuasida muhtasham masjid quriladi
Imom Buxoriy majmuasida muhtasham masjid quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi 14.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-14T18:24+0500
2021-02-14T18:24+0500
2021-02-14T18:24+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15997360_0:79:1201:754_1920x0_80_0_0_974916b77da08dfb10a8e02d159db554.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Ta’kidlanishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Samarqandning turizm salohiyatini, shu jumladan, ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bilan tanishgan. Mazkur taqdimot chog‘ida islom olamidagi eng muqaddas qadamjolardan biri – Imom Buxoriy majmuasi va uning atrofida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari xususida ma’lumot berilgan. Davlat rahbari ushbu ziyoratgohda olib borilishi rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha yana bir bor o‘z tavsiyalarini bildirib, mutasaddilarga zarur topshiriqlar bergan.Xabarda yozilishicha, majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi. Shu paytgacha maqbara ostidagi qabrni ziyorat qilish uchun yetarli sharoit mavjud emas edi. Yangi loyihada qabr atrofini kengaytirib ziyoratchilar uchun har tomonlama qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan. Mahalliy va xorijlik ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga to‘la mos keladigan maishiy xizmat va sanitariya-gigiyena shoxobchalari quriladi.“Yana bir e’tiborli tomoni, majmuada qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy buloq va bir necha yuz yillik chinor daraxtlariga ziyon yetkazilmaydi. Ularni asrab-avaylash, o‘z holida saqlash uchun barcha zarur choralar ko‘riladi”, - deya ta’kidlagan hokimlik.Majmuada amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari maxsus tashkil etilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20190826/Shavkat-Mirziev-Imom-Bukhoriy-mabarasini-zirat-ildi-12305549.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15997360_0:0:1083:812_1920x0_80_0_0_a9315bdf2024807245bdea329058573e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Imom Buxoriy majmuasida muhtasham masjid quriladi
Majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Samarqandning turizm salohiyatini, shu jumladan, ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha
loyihalar bilan tanishgan. Mazkur taqdimot chog‘ida islom olamidagi eng muqaddas qadamjolardan biri – Imom Buxoriy majmuasi va uning atrofida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari xususida ma’lumot berilgan. Davlat rahbari ushbu ziyoratgohda olib borilishi rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha yana bir bor o‘z tavsiyalarini bildirib, mutasaddilarga zarur topshiriqlar bergan.
Xabarda yozilishicha, majmuadagi qurilish-obodonlashtirish ishlari jarayonida Imom Buxoriy maqbarasi hozirgi ko‘rinishi saqlangan holda rekonstruksiya qilinadi. Shu paytgacha maqbara ostidagi qabrni ziyorat qilish uchun yetarli sharoit mavjud emas edi. Yangi loyihada qabr atrofini kengaytirib ziyoratchilar uchun har tomonlama qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan.
"Sakkiz ming o‘rinli muhtasham masjid quriladi. Majmua atrofida to‘rtta ulkan minora qad rostlaydi. Xalqimizga xos turmush tarzidan kelib chiqib, hozirgi ayvonlarga qo‘shimcha ravishda ichki va tashqi ayvonlar barpo etiladi”, - deyilgan xabarda.
Mahalliy va xorijlik ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy mehmonxonalar, xalqaro andozalarga to‘la mos keladigan maishiy xizmat va sanitariya-gigiyena shoxobchalari quriladi.
“Yana bir e’tiborli tomoni, majmuada qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida bu yerdagi tarixiy buloq va bir necha yuz yillik chinor daraxtlariga ziyon yetkazilmaydi. Ularni asrab-avaylash, o‘z holida saqlash uchun barcha zarur choralar ko‘riladi”, - deya ta’kidlagan hokimlik.
Majmuada amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari maxsus tashkil etilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi.