Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imom Buxoriy majmuasida simmetrik tarzda ikkita masjid va to‘rtta minora, xiyobon va uning atrofida kichik mehmonxonalar hamda bitta yirik otel qurish etish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Samarqandga amalga oshirilayotgan tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasigni ziyorat qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident majmuani ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi. 

"Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo‘lishi kerak. Masjidlar keng va mahobatli bo‘lishi lozim. Devorlarga sahih hadislardan lavhlar yozib qo‘yilsa, majmuaning mazmuni yanada boyiydi, yoshlarga bilim, ma’naviy ozuqa beradi. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsayam, qulay sharoit bo‘lishi zarur", - dedi Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev majmua rekonstruksiyasini shoshmasdan, chuqur o‘ylab loyihalashtirish, xorij tajribasini o‘rganib, ziyoratchilarga yanada ko‘p qulaylik yaratish zarurligini ta’kidladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari

Eslatib o‘tamiz, prezidentning oldin berilgan ko‘rsatmalariga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish ko‘zda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va to‘rtta minora qurish, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma obyektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Yangiliklar lentasi
0