https://oz.sputniknews.uz/20210214/AQSh-Senati-Donald-Trampni-yana-oqladi-15995275.html
AQSh Senati Donald Trampni yana oqladi
AQSh Senati Donald Trampni yana oqladi
Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp AQSh tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident bo‘ldi. 14.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-14T11:20+0500
2021-02-14T11:20+0500
2021-02-14T11:21+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/19/15857740_0:310:3072:2048_1920x0_80_0_0_618e992bb5ba7c6c84b300eeb5e9f3f9.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQSh Senati sobiq prezident Donald Trampni impichment ishi bo‘yicha oqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.Impichmentni yoqlab senatorlarning 57 nafari ovoz bergan, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun 100 nafar senatorlarning kamida 67 nafari yoqlab ovoz berishi kerak edi. Shu tariqa, Tramp isonga dav’at etish aybovi bo‘yicha oqlandi.2021 yil 6-yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu Vakillar palatasining unga impichment e’lon qilishiga sabab bo‘ldi, keyin ish Senatga yo‘naltirildi.Donald Tramp AQSh tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident bo‘ldi.2020 yil fevral oyida AQSh Senati prezident Donald Trampga e’lon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. O‘shanda u hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblangandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210114/Donald-Trampga-ikkinchi-marta-impichment-elon-ilindi--bu-ASh-tarikhidagi-ilk-olat-15782078.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/19/15857740_0:118:3072:2048_1920x0_80_0_0_7c5a568a25ce7d73725bae0cc905dcce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
AQSh Senati Donald Trampni yana oqladi
11:20 14.02.2021 (yangilandi: 11:21 14.02.2021) Donald Tramp AQSh tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident bo‘ldi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQSh Senati sobiq prezident Donald Trampni impichment ishi bo‘yicha oqladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar qilmoqda.
Impichmentni yoqlab senatorlarning 57 nafari ovoz bergan, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun 100 nafar senatorlarning kamida 67 nafari yoqlab ovoz berishi kerak edi. Shu tariqa, Tramp isonga dav’at etish aybovi bo‘yicha oqlandi.
2021 yil 6-yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu Vakillar palatasining unga impichment e’lon qilishiga sabab bo‘ldi, keyin ish Senatga yo‘naltirildi.
Donald Tramp AQSh tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident bo‘ldi.
2020 yil fevral oyida AQSh Senati prezident Donald Trampga e’lon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. O‘shanda u hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblangandi.