https://oz.sputniknews.uz/20210210/Maalliy-aolidan-am-turistik-yiim-undiriladi-15971372.html
Mahalliy aholidan ham turistik yig‘im undiriladi
Mahalliy aholidan ham turistik yig‘im undiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, bu yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarini moliyalashtirishga... 10.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-10T10:32+0500
2021-02-10T10:32+0500
2021-04-08T14:21+0500
turizm
turizm
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/431/93/4319344_0:0:2959:1665_1920x0_80_0_0_d9032f2180ebd4ec63bc0398b0b92f92.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. 2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi. Bu prezident imzolagan “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.Yig‘im miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda yig‘imdan tushgan mablag‘lar ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, turistik (mehmonxona) yig‘imi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan undiriladi. Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning tabaqalashtirilgan miqdorlari BHMning 2–15 foiz atrofida belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210109/Pandemiya-davridagi-turizm-Abduakimov-2021-yil-byicha-rezhalarni-malum-ildi-15748610.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/431/93/4319344_36:0:2767:2048_1920x0_80_0_0_b3821ce166c1a9482dfaf4f7f79179e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turizm, o‘zbekiston
turizm, turizm, o‘zbekiston
Mahalliy aholidan ham turistik yig‘im undiriladi
10:32 10.02.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) Ta’kidlanishicha, bu yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. 2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi. Bu prezident imzolagan “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonda ko‘zda tutilgan.
Yig‘im miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda yig‘imdan tushgan mablag‘lar ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, turistik (mehmonxona) yig‘imi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslardan undiriladi. Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning tabaqalashtirilgan miqdorlari BHMning 2–15 foiz atrofida belgilangan.