Pandemiya davridagi turizm: Abduhakimov 2021-yil bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVid na gorod Samarkand
Vid na gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, 2021-yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Xususan, ziyorat turizmiga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonga 2021 yilda 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta’minlash bo‘yicha reja qilingan, deya ma’lum qilgan AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Generalniy direktor turoperatora Delfin Sergey Romashkin - Sputnik O‘zbekiston
Romashkin: turizm biznesi 2023-yildan oldin jonlanmaydi
Abduhakimovning aytishicha, o‘tgan 2020-yilda mamlakatga 1 mln 504 ming turist kelgan va ularga 261 mln dollarlik xizmat ko‘rsatilgan.
"Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSh dollari miqdorida turizm xizmatini ko‘rsatdik", - degan Aziz Abduhakimov.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Xususan, ziyorat turizmiga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
2021 yilda O‘zbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta’minlash bo‘yicha reja qilingan.
Yangiliklar lentasi
0