https://oz.sputniknews.uz/20210210/Farona-shariga-yangi-okim-va-sektor-rabarlari-tayinlandi-15971601.html
Farg‘ona shahriga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlandi
Farg‘ona shahriga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona shahriga yangi hokim, prokuror, shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi. Ilgari “to‘rtlik” prezident tashrifi... 10.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-10T11:04+0500
2021-02-10T11:04+0500
2021-02-10T11:10+0500
siyosat
farg‘ona
yangi tayinlov
hokim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0a/15971512_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_3641d582e42c5c86bca569c1c4052e40.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.Ubaydullayev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Dilmurod Qobulov mamlakat bosh prokurorining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahrining prokurori etib tayinlandi.Podpolkovnik Dilmurod Asqarov Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.Nuriddin Erkaboyev Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi soliq nazorati bo‘limi Geologiya va yoqilg‘i-energetika komplekslarining soliq nazorati sho‘’basi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Farg‘ona shaharidagi Shodiyona mahallasiga bordi. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini so‘radi. Davlat rahbari sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi. Shundan so‘ng Farg‘ona shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210207/Navbat-Farona-viloyatiga-prezident-tashrifidan-sng-trtta-tuman-okimi-zgardi-15952223.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0a/15971512_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_537f33ceded16330349a577071f0cf66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, farg‘ona, yangi tayinlov, hokim o‘zgarishi
siyosat, farg‘ona, yangi tayinlov, hokim o‘zgarishi
Farg‘ona shahriga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlandi
11:04 10.02.2021 (yangilandi: 11:10 10.02.2021) Farg‘ona shahriga yangi hokim, prokuror, shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi. Ilgari “to‘rtlik” prezident tashrifi davomida ishdan bo‘shatilgandi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Ubaydullayev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Dilmurod Qobulov mamlakat bosh prokurorining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahrining prokurori etib tayinlandi.
Podpolkovnik Dilmurod Asqarov Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.
Nuriddin Erkaboyev Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi soliq nazorati bo‘limi Geologiya va yoqilg‘i-energetika komplekslarining soliq nazorati sho‘’basi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Farg‘ona shaharidagi Shodiyona mahallasiga bordi. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini so‘radi. Davlat rahbari sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi. Shundan so‘ng Farg‘ona shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.