Navbat Farg‘ona viloyatiga: prezident tashrifidan so‘ng to‘rtta tuman hokimi o‘zgardi

© SS0 / Unsplash / Craig WhiteheadMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatining Quva, Yozyovon, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Shuningdek, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Quva, Yozyovon, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Halimjon Umarov nomzodi Quva tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va Umarov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
2019 yil mart oyidan beri Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Halimjon Umarov 1967-yilda tug‘ilgan. 2006-2018-yillar Toshloq, 2018-2019 yillar Quva tumani hokimi bo‘lgan.
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2020
Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta hokim o‘zgardi
Yozyovon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshodjon Jalilov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Dilshodjon Jalilov bugungacha “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
1980 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Yuldashev Sherzod O‘zbekiston tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherzod Yuldashev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2020
Buxoro viloyatida bir kunda uchta tuman hokimi o‘zgardi
Bag‘dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Vosiljon Nazarov Bag‘dod tumani hokimi etib tayinlandi. Vosiljon Nazarov 2019-yildan buyon viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2018 yildan beri O‘zbekiston hokimi vazifasida ishlab kelgan Alibek Tursunov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Farg‘ona shahar Shodiyona mahallasiga bordi. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini so‘radi. Sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi.
Shundan so‘ng Farg‘ona shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olindi.
Undan avval prezident raisligida bo‘lib o‘tgan Farg‘ona viloyat faollari yig‘ilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Quva tumanining 4 ta sektor rahbari, O‘zbekiston tumani hokimi va prokurori hamda Yozyovon tuman hokimi ishdan olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0