Dunyoda

Pandemiyadan ham qoʻrqinchliroq: Bill Geyts insoniyat uchun 2ta asosiy tahdidni aytdi

© Sputnik / Mediabankka oʻtishPreduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii
Preduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Amerikalik ishbilarmon Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ikkita asosiy tahdidni aytdi.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Amerikalik ishbilarmon va Microsoft asoschisi Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan 2 ta tahdidni aytdi. Bu haqda RIA Novosti NEWS.ru ga asosan xabar qildi.
Letuchaya mыsh – netopыr-karlik. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Dunyoda
Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo boʻldi – olimlar buning sababini aniqlashdi
OAV koʻpincha milliarderning 2015 yilda aytgan soʻzlarini keltiradi. Oʻshanda Geyts “yaqin 10 yil ichida "insoniyatni oʻldiradigan" narsa - bu urush emas, balki oʻta yuqumli virus boʻladi, deb aytgandi.
Endi Geyts asosiy tahdidlar sifatida - iqlim oʻzgarishi va bioterrorizm boʻlishi mumkinligini aytdi. Har yili "pandemiya payti"ga qaraganda, koʻproq odamlar iqlim oʻzgarishidan aziyat chekishi mumkin, deya bashorat qildi ishbilarmon.
Unga koʻra, endi insoniyatga zarar yetkazishni istagan har qanday odam xavfli virusni yaratishi mumkin.
Avvalroq, Microsoft asoschisi Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida dunyo COVID-19 pandemiyasidan oʻn baravar yomonroq boʻlishi mumkin boʻlgan keyingi pandemiyaga tayyor emasligini aytgandi. "Umid qilamanki, ikki yildan soʻng vaziyat boshqacha koʻrinishga ega boʻladi. Vaktsinalar, testlar, dori-darmonlar, epidemiologiya, monitoring - juda koʻp narsa qilish kerak", - dedi u.
Geytsning soʻzlariga koʻra, koronavirus zilzilalar, tornadolar yoki iqlim oʻzgarishi singari bir xil darajada, kundalik hayotning bir qismiga aylandi, bunday tahdidga javob global boʻlishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0