https://oz.sputniknews.uz/20210205/Nima-uchun-koronavirus-Khitoyda-paydo-bldi-olimlar-buning-sababini-anilashdi-15947910.html
Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo bo‘ldi – olimlar buning sababini aniqlashdi
Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo bo‘ldi – olimlar buning sababini aniqlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh olimlari ilk bor janubiy Xitoy va uning yaqinidagi hududlarda atrof-muhit o‘zgarishi mexanizmlarini tasvirlab berishdi. 05.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-05T20:08+0500
2021-02-05T20:08+0500
2021-04-01T16:45+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
ko‘rshapalak
xitoy
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1235/06/12350666_0:46:3000:1734_1920x0_80_0_0_9a723a1b0d7c6deac1e74d87940a8af0.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh olimlari ilk bor janubiy Xitoy va uning yaqinidagi hududlarda atrof-muhit o‘zgarishi mexanizmlarini tasvirlab berishdi. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur hududlarda ko‘rshapalaklarning keskin ko‘payishi - ehtimol yangi SARS-CoV-2 koronavirusi paydo bo‘lishiga olib kelgan. Tadqiqot natijalari Science of the Total Environment jurnalida chop etildi. RIA Novosti xabariga asosan.O‘tkazilgan keng ko‘lamli ekologik tadqiqotlarda o‘tgan 100-yil davomida Xitoyning janubi, Myanma va Laos atrofidagi hududlarda o‘simlik turida sezilarli o‘zgarishlar aniqlandi. Bu ko‘rshapalaklar uchun qulay yashash muhitini yaratdi.Ma’lumki, ko‘rshapalaklar populyatsiyasida paydo bo‘lgan yangi viruslar soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu hayvonlarning mahalliy turlari soniga bog‘liq. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, XX asrning boshidan beri Yunnan shahrida faqat 40 xil turdagi ko‘rshapalaklar paydo bo‘ldi va ular o‘zlari bilan bilan birga yuzga yaqin koronavirusni olib kelishdi.Ob-havo isib ketishi va shu bilan mos ravishda tropik o‘rmonlarning tez o‘sishi tufayli mintaqa, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, yangi zoonoz patogenlar paydo bo‘lishi uchun "global qaynoq nuqtaga" aylandi.O‘tgan yuz yil davomida harorat, yog‘ingarchilik va bulutlilik ortidan olib borilgan kuzatuv ma’lumotlariga asoslanib, mualliflar 100-yil avvalgi dunyo o‘simliklari xaritasini tuzdilar. Keyinchalik 1900-yillarning boshlarida har bir turning global tarqalishini aniqlash uchun turli xil ko‘rshapalak turlarining o‘simliklarga bo‘lgan talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishdi. Olimlarga bu xaritadan butun dunyoda ko‘rshapalaklar turlarining xilma-xilligi qanday o‘zgarganligini ko‘rish imkonini berdi."Iqlim yashash joyini o‘zgartirgani sababli ko‘plab turlar o‘zlari bilan viruslari olib, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishdi. Yangi mahalliy tizimlarda hayvon va viruslarning o‘zaro ta’siri, ko‘plab yangi zararli viruslarning paydo bo‘lishiga olib keldi", - deb tushuntirdi Beyer.Hisob-kitoblarga qaraganda, jahonda bugungi kunda ko‘rshapalaklar populyatsiyasida koronavirusning 3000ga yaqin turi mavjud. Ko‘rshapalaklarning har bir turi o‘rtacha 2,7 ta koronavirusni tashiydi. Ko‘rshapalaklar olib yuradigan koronaviruslarning aksariyati odamlarga yuqmaydi. Ammo ma’lum bir mintaqada ko‘rshapalaklar turlarining ko‘payishi natijasida u yerda odamlar uchun xavfli patogen paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan asrda iqlim o‘zgarishi Markaziy Afrika mintaqalari va Markaziy va Janubiy Amerikaning ayrim qismlarida ham ko‘rshapalak turlarining ko‘payishiga olib keldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210204/Khitoyda-Rossiyadan-keltirilgan-tovu-gshtida-COVID-19-topildi-15932074.html
https://oz.sputniknews.uz/20210116/Pompeo-COVID-19-kelib-chiishini-khitoy-laboratoriyalariga-boladi-15799320.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1235/06/12350666_314:0:2687:1780_1920x0_80_0_0_c155ee895a4f1b560932d96fc0bade6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, ko‘rshapalak, xitoy, olimlar
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, ko‘rshapalak, xitoy, olimlar
Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo bo‘ldi – olimlar buning sababini aniqlashdi
20:08 05.02.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh olimlari ilk bor janubiy Xitoy va uning yaqinidagi hududlarda atrof-muhit o‘zgarishi mexanizmlarini tasvirlab berishdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh olimlari ilk bor janubiy Xitoy va uning yaqinidagi hududlarda atrof-muhit o‘zgarishi mexanizmlarini tasvirlab berishdi. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur hududlarda ko‘rshapalaklarning keskin ko‘payishi - ehtimol yangi SARS-CoV-2 koronavirusi paydo bo‘lishiga olib kelgan. Tadqiqot natijalari Science of the Total Environment jurnalida chop etildi.
RIA Novosti xabariga asosan.
Global iqlim o‘zgarishi - haroratning ko‘tarilishi, quyosh nuri va atmosferada ko‘proq karbonat angidrid ko‘payishi - dunyoning ko‘plab mintaqalarida o‘simliklarning tarkibi va hayvonlarning tabiiy yashash joyini o‘zgartirdi.
O‘tkazilgan keng ko‘lamli ekologik tadqiqotlarda o‘tgan 100-yil davomida Xitoyning janubi, Myanma va Laos atrofidagi hududlarda o‘simlik turida sezilarli o‘zgarishlar aniqlandi. Bu ko‘rshapalaklar uchun qulay yashash muhitini yaratdi.
Ma’lumki, ko‘rshapalaklar populyatsiyasida paydo bo‘lgan yangi viruslar soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu hayvonlarning mahalliy turlari soniga bog‘liq. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, XX asrning boshidan beri Yunnan shahrida faqat 40 xil turdagi ko‘rshapalaklar paydo bo‘ldi va ular o‘zlari bilan bilan birga yuzga yaqin koronavirusni olib kelishdi.
Ob-havo isib ketishi va shu bilan mos ravishda tropik o‘rmonlarning tez o‘sishi tufayli mintaqa, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, yangi zoonoz patogenlar paydo bo‘lishi uchun "global qaynoq nuqtaga" aylandi.
“O‘tgan asrda ob-havoning o‘zgarishi tufayli Xitoyning janubiy Yunnan provinsiyasida ko‘plab ko‘rshapalak turlari uchun mos atrof-muhitni shakllantirdi. Ko‘rshapalak turlarining global tarqalishi qanday o‘zgargani tushunish COVID-19ning kelib chiqish tarixini tiklashda muhim qadam bo‘lishi mumkin", - deydi tadqiqotning birinchi muallifi, Zoologiya kafedrasi doktori Robert Beyer (Robert Beyer).
O‘tgan yuz yil davomida harorat, yog‘ingarchilik va bulutlilik ortidan olib borilgan kuzatuv ma’lumotlariga asoslanib, mualliflar 100-yil avvalgi dunyo o‘simliklari xaritasini tuzdilar. Keyinchalik 1900-yillarning boshlarida har bir turning global tarqalishini aniqlash uchun turli xil ko‘rshapalak turlarining o‘simliklarga bo‘lgan talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishdi. Olimlarga bu xaritadan butun dunyoda ko‘rshapalaklar turlarining xilma-xilligi qanday o‘zgarganligini ko‘rish imkonini berdi.
"Iqlim yashash joyini o‘zgartirgani sababli ko‘plab turlar o‘zlari bilan viruslari olib, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishdi. Yangi mahalliy tizimlarda hayvon va viruslarning o‘zaro ta’siri, ko‘plab yangi zararli viruslarning paydo bo‘lishiga olib keldi", - deb tushuntirdi Beyer.
Hisob-kitoblarga qaraganda, jahonda bugungi kunda ko‘rshapalaklar populyatsiyasida koronavirusning 3000ga yaqin turi mavjud. Ko‘rshapalaklarning har bir turi o‘rtacha 2,7 ta koronavirusni tashiydi. Ko‘rshapalaklar olib yuradigan koronaviruslarning aksariyati odamlarga yuqmaydi. Ammo ma’lum bir mintaqada ko‘rshapalaklar turlarining ko‘payishi natijasida u yerda odamlar uchun xavfli patogen paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan asrda iqlim o‘zgarishi Markaziy Afrika mintaqalari va Markaziy va Janubiy Amerikaning ayrim qismlarida ham ko‘rshapalak turlarining ko‘payishiga olib keldi.