O‘zbekiston hind vaksinasini olib kelish masalasini o‘rganib chiqadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVaksina ot COVID-19
Vaksina ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Hindistonning Covaxin vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va respublikaga olib kelish masalasini o‘rganib chiqadi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston Hindistonning Covaxin vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va respublikaga olib kelish masalasini o‘rganib chiqadi, deb xabar qildi "Dunyo" nashri.
Samolet s dvumya millionami doz vaksini AstraZeneca / Oxford iz Indii prizemlyayetsya v Rio-de-Janeyro, Braziliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
O‘zbekistonga qancha AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va Hindistonning Bharat Biotech International Ltd kompaniyasi o‘zaro hamkorlik masalalarini onlayn-tartibda muhokama qildilar.
"Muloqot davomida Hindiston koronavirusga qarshi Covaxin vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va yetkazib berish shartlari muhokama qilindi", - deyilgan xabarda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiya COVID-19 vaksinasini ishlab chiqaruvchisi bilan “Sputnik V” preparatini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, SES rahbari Adham Bahromov respublikaga 100 ming doza vaksina olib kelish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini aytgandi.
O‘z navbatida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev ta’kidlashicha, ayni paytda O‘zbekiston tomoni “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatlash ustida ish olib bormoqda va uni mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, "Sputnik V" vaksinasini import qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, emlashga tayyorgarlik ko‘rish va tibbiyot xodimlarini o‘rgatish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Hujjat imzolash uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0