Xitoyda Rossiyadan keltirilgan tovuq go‘shtida COVID-19 topildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPtitsefabriki v Novosibirskoy oblasti
Ptitsefabriki v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Xitoyda Rossiya Federatsiyasining "Cherkizovo" kompaniyasi parranda go‘shti qadoqlarida koronavirus izlari topildi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Xitoyda Rossiyaning "Cherkizovo" kompaniyasi parranda go‘shti qadoqlarida koronavirus izlari topildi, deb xabar beradi "RIA Novosti" Rosselxoznadzorga asosan.
Samolet s dvumya millionami doz vaksini AstraZeneca / Oxford iz Indii prizemlyayetsya v Rio-de-Janeyro, Braziliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
O‘zbekistonga qancha AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi?
"Xitoy Xalq Respublikasi bosh bojxona boshqarmasi Guandun viloyatida Rossiyaning 3 ta go‘sht va parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonadan kelgan 13 ta partiyada COVID-19 genomini aniqlaganligi to‘g‘risida xabar berdi. Kompaniyalari Bransk, Voronej va Kursk viloyatlarida joylashgan va “Cherkizovo” guruhiga kiradi", - deyiladi xabarda.
Xitoy qonunchilik talablariga asosan 3-fevraldan boshlab ushbu korxonalardan import deklaratsiyasini qabul qilish 4 haftaga to‘xtatiladi.
Qadoqda koronavirusning genetik moddasi topilgan mahsulot partiyalari qaytarilishi yoki yo‘q qilinishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0