Yigirmadan ziyod tuman sholi avlodli urug‘chilik yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

© Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishRisoviy kolos
Risoviy kolos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Urug‘chilik xo‘jaliklarida navbatlab ekish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, bir dalada 2-yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, sholichilik klasterlari yoki sholi ekishga ruxsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bazasida elita urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 22 ta tuman sholi avlodli urug‘chilik yetishtirishga ixtisoslashtirilib, ularda 17 452 gektar sholi maydoni tashkil etiladi. 
2021 yil 1-iyundan urug‘lik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Virashivanie risa v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2019
O‘zbekistonda yangi usulda sholi yetishtiriladi
Shuningdek, Urug‘chilik xo‘jaliklarida navbatlab ekish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, bir dalada 2-yildan ortiq sholi yetishtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi.
2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida ko‘chatlab ekish, kamida 50 foizida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimi joriy etilib, kamida 30 foizida sholi zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekiladi.
2021 yil 31-dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizigacha Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Qaror bilan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun sholi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Shunga ko‘ra, joriy yilda respublika bo‘yicha 129 357 gektar maydonda sholi yetishtirish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali hamda Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0