O‘zbekistonda yangi usulda sholi yetishtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVirashivanie risa v Krasnodarskom krae
Virashivanie risa v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetatsiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urug‘dan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Tong Yang Moolsang kompaniyasining zamonaviy mashinalari yordamida sholini ko‘chat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetatsiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urug‘dan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi.

Risoviy kolos vo vremya uborki - Sputnik O‘zbekiston
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi

Ayni paytda Koreyadan “TYM” (Tong Yang Moolsang) kompaniyasining qo‘lda itarib, shuningdek, RF-48 va ustiga minib boshqariladigan RRO600V rusumli ko‘chat ekish mashinalari keltirilib, sholi yetishtirish texnologiyasini mexanizatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirish va yuqori hosil olishga qaratilgan eksperement olib borilmoqda.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ma’sud Sattorovning bildirishicha, hozirgi tajribada 1 gektar maydonga o‘rtacha 12 soat ichida sholi ekilayotgan bo‘lsa, endilikda qo‘lda boshqariladigan mashinalar yordamida 1,5-2 gektargacha, minib boshqariladigan mashinalarda esa o‘rtacha 7-8 gektargacha maydonda sholi ekib, yuqori samaradorlikka erishilishi kutilmoqda.

“Sholini ko‘chat usuli bilan yetishtirish an’anaviy urug‘dan ekib yetishtirish usulga qaraganda ko‘p jihatdan afzalliklari mavjud. Hozirgi paytda yer yuzida sholi hosilining 95 foizidan ortig‘i faqat ko‘chat usulida yetishtirilmoqda”, - deya qayd etdi u.

Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 114 ming gektarga sholi ekish rejalashtirilgan, shundan 57,9 ming gektari asosiy ekin sifatida va 56,1 ming gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0