https://oz.sputniknews.uz/20210204/Uydagidek-tarifi-EOII-ududida-2025-yilga-kelib-rouming-y-bladi--ekspert-15930880.html
"Uydagidek" tarifi: YeOII hududida 2025-yilga kelib rouming yo‘q bo‘ladi — ekspert
"Uydagidek" tarifi: YeOII hududida 2025-yilga kelib rouming yo‘q bo‘ladi — ekspert
Sputnik O‘zbekiston
Ammo, ekspert Arman Shakkaliyev fikricha, operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, chunki davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq mavjud 04.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-04T11:52+0500
2021-02-04T11:52+0500
2021-02-04T11:52+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/315/04/3150443_0:311:3072:2048_1920x0_80_0_0_4cf8ad6d3eea944341f6f3b6769ff92c.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston uchun "Uydagidek" yagona uyali tarifi YeOII hududida bir necha yil davomida ishlay boshlaydi, deb yozmoqda Sputnik Blijnee zarubejye Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining ravobat masalalari bo‘yicha vaziri Arman Shakkaliyevning "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusiga tayangan holda.Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchi-mamlakatlar hududida rouming uchun to‘lov bosqichma-bosqich kamayib boraveradi."Aloqa uchun roumingda xizmatlar narxi bora-bora tasdiqlangan grafik asosida kamayib boraveradi", - dedi Shakkaliyev.Ammo, vazir so‘zlariga ko‘ra, davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq tufayli operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, masalan, Rossiyada 146 mln aholi yashasa, Armanistonda — 3 mln. Bundan tashqari, YeOII mamlakatlarida shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha milliy qonunchiliklarda farq bor, shuningdek, mobil aloqada ham texnologik jihatdan farqlar mavjud.Shu munosabat bilan, Shakkaliyev fikricha, umumiy adolatli yechimni topish muhim ahamiyatga ega."Qirg‘iziston fuqarosi Rossiyada ishlab va yashab turib, uydagidek tarifidan muntazam foydalana olmaydi. Biz bir oylik vaqtinchalik cheklov o‘rnatamiz. Agar muddat bundan cho‘zilsa - Rossiya sim-kartasini ol, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi", - deya tushuntiradi vazir.Ekspertning aniqlik kiritishicha, YeOII hududida roumingni bekor qilish bo‘yicha rejani 2025-yilga kelib hayotga tatbiq etish belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210128/Rossiya-EOII-migrantlarining-identifikatsiya-tizimini-takomillashtiradi-15886866.html
https://oz.sputniknews.uz/20210120/2025-yilda-EOII-integratsiyasining-birinchi-bosichi-yakunlanadi--Putin-15829479.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/315/04/3150443_0:117:3072:2048_1920x0_80_0_0_b34ac100cee9ba7471f0e540808ec4ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
"Uydagidek" tarifi: YeOII hududida 2025-yilga kelib rouming yo‘q bo‘ladi — ekspert
Ammo, ekspert Arman Shakkaliyev fikricha, operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, chunki davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq mavjud
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston uchun "Uydagidek" yagona uyali tarifi YeOII hududida bir necha yil davomida ishlay boshlaydi, deb yozmoqda Sputnik Blijnee zarubejye Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining ravobat masalalari bo‘yicha vaziri Arman Shakkaliyevning "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusiga tayangan holda.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchi-mamlakatlar hududida rouming uchun to‘lov bosqichma-bosqich kamayib boraveradi.
"Aloqa uchun roumingda xizmatlar narxi bora-bora tasdiqlangan grafik asosida kamayib boraveradi", - dedi Shakkaliyev.
Ammo, vazir so‘zlariga ko‘ra, davlatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq tufayli operatorlar qator muammolarga duch kelishlari mumkin, masalan, Rossiyada 146 mln aholi yashasa, Armanistonda — 3 mln. Bundan tashqari, YeOII mamlakatlarida shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha milliy qonunchiliklarda farq bor, shuningdek, mobil aloqada ham texnologik jihatdan farqlar mavjud.
Shu munosabat bilan, Shakkaliyev fikricha, umumiy adolatli yechimni topish muhim ahamiyatga ega.
"Qirg‘iziston fuqarosi Rossiyada ishlab va yashab turib, uydagidek tarifidan muntazam foydalana olmaydi. Biz bir oylik vaqtinchalik cheklov o‘rnatamiz. Agar muddat bundan cho‘zilsa - Rossiya sim-kartasini ol, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi", - deya tushuntiradi vazir.
Ekspertning aniqlik kiritishicha, YeOII hududida roumingni bekor qilish bo‘yicha rejani 2025-yilga kelib hayotga tatbiq etish belgilangan.