2025 yilda YeOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda YeOIIda yagona elektr energiya, neft, gaz va neft mahsulotlari bozorlarini yaratish ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. 2025-yilga kelib YeOII doirasida integratsion jarayonlarning birinchi bosqichi yakunlanadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
2025 yilga kelib, YeOII davlatlarida yagona tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va yagona raqamli hudud shakllantirish jarayoni yakuniga yetishi kerak. Bugungi kun sharoitida ushbu jarayonlarni tezroq ishga tushirish yanada muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, ayni damda YeOII a’zolari tomonidan yagona elektr energiya, neft, gaz va neft mahsulotlari bozorlarini yaratish ishlari ham olib borilmoqda.
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston
YeOII 2021-yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
2020 yilda sodir bo‘lgan koronavirus pandemiyasi ham YeOII davlatlari orasida hamkorlikni mustahkamladi, dedi Rossiya prezidenti. Xususan, Ittifoq a’zolari tibbiyot vositalari va dorilar ishlab chiqarish sohasida yagona qoidalar o‘rnatishga kelishib olishdi. 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab YeOIIda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yagodna qoidalar va protseduralar asosida amalga oshiriladi. Bugungi Sharoitda bu o‘ta muhim, dedi  Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, 6-yil oldin tashkil qilingan YeOII hamkorligi ildam rivojlanib bormoqda. 2019-yilda Ittifoq ahzolarining o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi 35 %ga oshgan. Shu bilan bir vaqtda Rossiya va Ittifoq davlatlarining tashqi savdosi miqdori ham oshmoqda. O‘tgan davr mobaynida uning o‘chishi 27%ni tashkil qilgan.
Ushbu yutuqlarga erishishda YeOII davlatlari hukumatlarining tovar, xizmat va kapital harakati yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli erishildi, - dedi Rossiya prezidenti.
Yangiliklar lentasi
0