Ekspert migrantlar uchun yangi tizim haqida: RF O‘zbekistonning YeOIIga kirishiga hozirlanmoqda

© Facebook / Yuriy MoskovskiyPredsedatel komissii po migratsii Soveta po delam natsionalnostey pri pravitelstve Moskvi Yuriy Moskovskiy
Predsedatel komissii po migratsii Soveta po delam natsionalnostey pri pravitelstve Moskvi Yuriy Moskovskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati YeOIIga a’zo mamlakatlardan bo‘lgan migrantlarning biometrik ma’lumotlarini topshirishini majburiy etib belgilashni taklif qilmoqda.
Rossiya hukumati Davlat dumasiga ko‘rish chiqish uchun yangi qonun loyhasini kiritdi, unga ko‘ra Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan mamlakatga 90 kundan ziyod muddatga kirayotgan chet elliklar biometrik ma’lumotlarini topshirishlari va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart bo‘ladi. Hujjatga muvofiq daktiloskopiya voyaga yetmaganlar va keksalar uchun shart emas.
Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari bo‘yicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy bu haqda fikr bildirib, ushbu chora “O‘zbekistonning YeOII tarkibiga ehtimoliy kirishi arafasida” ko‘rilayotganini taxmin qildi.
“Hozir O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada patent asosida ishlashadi. Agar respublika YeOIIga kirsa, tartib soddalashadi”, - dedi u.
Rabochie na stroitelnoy ploshadke, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2021
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
Moskovskiy O‘zbekiston ittifoqqa kirgan taqdirda mamlakat fuqarolari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus fuqarolari singari ishlashga kelishlari va patent rasmiylashtirishlari shart bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
“Mamlakat (Rossiya – tahr.) O‘zbekiston va Tojikiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirishiga yanada tayyorroq bo‘ladi, lekin shu bilan birga bizda (Rossiyada – tahr.) ishlayotgan bu respublikalar fuqarolari soliqqa tortilishdan va tegishli xizmat nazoratidan qochmasliklari kerak”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda.
Hozir Rossiyaga kirishda barmoq izlarini “patent va viza oluvchilar” topshirishlari shart, deya eslatdi Moskovskiy. Shu bilan birga bugungi kunda Rossiyada mehnat qilayotgan chet elliklarning aksariyat qismini YeOIIga a’zo mamlakat fuqarolari tashkil etadi.
“Biometriya ma’lumotlarini hatto vizisiz rejimda ham olish mumkin, buning ustiga bu Rossiyaga uzoq muddatga kelayotganlarga taalluqli. Bu yerda ham davlat, ham bu fuqarolarning o‘zlarining xavfsizligi masalasi turibdi”, - dedi Moskovskiy.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini oldi.
Moskovskiy o biometrii dlya migrantov: RF gotovitsya k vstupleniyu Uzbekistana v YeAES
Yangiliklar lentasi
0