https://oz.sputniknews.uz/20210109/zbekiston-EOIIga-azo-blsa-bu-menat-migrantlariga-nima-beradi-15748473.html
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
Sputnik O‘zbekiston
Qulayliklardan biri YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari, ya’ni migrantlar va ularning oila a’zolari 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan a’zo mamlakatlar hududida... 09.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-09T11:59+0500
2021-01-09T11:59+0500
2021-04-01T13:12+0500
migratsiya
yeoii
migrantlar
pensiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1f/15712028_0:156:3089:1893_1920x0_80_0_0_135d3ba7e4dd34ec10ef384f015bb4c6.jpg
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga qanday qulayliklar yaratishi haqida ma’lumot berdi.
Birinchidan, YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari ishlash uchun ruxsatnoma olishlari shart emas, fuqarolik shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
Ikkinchidan, a’zo davlatlar fuqarolari, ya’ni migrantlar va ularning oila a’zolari 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan a’zo mamlakatlar hududida bo‘lishlari mumkin. Migrant va uning oila a’zosining a’zo mamlakatlar hududida vaqtincha bo‘lib turish muddati mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada ko‘rsatilgan holda belgilanadi.
Uchinchidan, ijtimoiy ta’minot (ijtimoiy sug‘urta) sohasida va daromad solig‘i stavkasi belgilanishida ham o‘sha davlat fuqarolari bilan teng ravishda qaraladi.
To‘rtinchidan, diplomlar va malaka sertifikatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.
Beshinchidan, pensiya ta’minoti uchun ishlangan ish staji hisobga olinadi.
Oltinchidan, shoshilinch tibbiy yordam migrantlarga hamda ularning oila a’zolariga, mazkur davlat fuqarolari kabi bir xil va shartlarda bepul taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilgan edi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishini ittifoqning an’anaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim va sifatli qadam, deya baholagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1f/15712028_178:0:2909:2048_1920x0_80_0_0_d5f7c22965d76a0ee0d8b81f54e79134.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, yeoii, migrantlar, pensiya
migratsiya, yeoii, migrantlar, pensiya
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
11:59 09.01.2021 (yangilandi: 13:12 01.04.2021) Qulayliklardan biri YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari, ya’ni migrantlar va ularning oila a’zolari 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan a’zo mamlakatlar hududida bo‘lishlari mumkin.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga qanday qulayliklar yaratishi haqida ma’lumot berdi.
- Birinchidan, YeOIIga a’zo davlatlar fuqarolari ishlash uchun ruxsatnoma olishlari shart emas, fuqarolik shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
- Ikkinchidan, a’zo davlatlar fuqarolari, ya’ni migrantlar va ularning oila a’zolari 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan a’zo mamlakatlar hududida bo‘lishlari mumkin. Migrant va uning oila a’zosining a’zo mamlakatlar hududida vaqtincha bo‘lib turish muddati mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomada ko‘rsatilgan holda belgilanadi.
- Uchinchidan, ijtimoiy ta’minot (ijtimoiy sug‘urta) sohasida va daromad solig‘i stavkasi belgilanishida ham o‘sha davlat fuqarolari bilan teng ravishda qaraladi.
- To‘rtinchidan, diplomlar va malaka sertifikatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.
- Beshinchidan, pensiya ta’minoti uchun ishlangan ish staji hisobga olinadi.
- Oltinchidan, shoshilinch tibbiy yordam migrantlarga hamda ularning oila a’zolariga, mazkur davlat fuqarolari kabi bir xil va shartlarda bepul taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonga
YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilgan edi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya
ishonch bildirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishini ittifoqning an’anaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi
muhim va sifatli qadam, deya baholagan.