O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlatdan elektromobil import qilinyapti

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishElektromobil "Kama-1"
Elektromobil Kama-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili O‘zbekistonga chet eldan jami 131 ta elektromobil olib kelingan. Shulardan 92 tasi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. 2020-yilda  O‘zbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Zaradka elektromobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2020
O‘zbekistonga elektromobillar importi oshmoqda
Import qilgan mamlakatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinda. U yerdan jami 92 ta elektromobil olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (13 ta), Gruziya  (7 ), AQSh (7), Germaniya (5) va boshqa davlatlar (7).
2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSh dollari sarflangan.
Avvalroq O‘zbekiston hukumati “O‘zavtosanoat” kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, Vazirlar mahkamasi qarori bilan mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0