O‘zbekistonga elektromobillar importi oshmoqda

© AFP / JENS SCHLUTERZaradka elektromobilya
Zaradka elektromobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga 2020-yil davomida umumiy qiymati 2,1 milliondan ortiq bo‘lgan 82ta elektromobil import qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘p.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Stastitika qo‘mitasi habariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 taga ko‘p.

Xususan, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreyadan – 12 ta, Germaniya, BAA, Rossiya va Gruziyadan jami 17 ta elektromobil import qilingan. Import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda jahon miqyosida elektromobillar soni keskin oshib bormoqda. Elektromobillar soni eng tez o‘sayotgan davlat bu  - Xitoy hisoblanadi. Ushbu davlatda elektromobillar joriy etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 2019-yilda Xitoyda - 3,35 million dona elektromobil foydalanilgan bo‘lsa 2020-yil oxirida ularning soni 5 millionga yetishi kutilmoqda. 

Elektromobillar va gibrid avtomobillar soni bo‘yicha 2019-yil oxiri ko‘rsatgichlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinda Yevropa - 1,75 mln dona va uchinchi o‘rinda AQSh - 1,45 mln dona turibdi. 

 

Yangiliklar lentasi
0