https://oz.sputniknews.uz/20210202/Zheenbekov-ustidan-berilgan-arizani-iriziston-MKhD-va-IIV-krib-chiadi-15919324.html
Jeenbekov ustidan berilgan arizani Qirg‘iziston MXDQ va IIV ko‘rib chiqadi
Jeenbekov ustidan berilgan arizani Qirg‘iziston MXDQ va IIV ko‘rib chiqadi
Sputnik O‘zbekiston
Arizachilar avvalroq Qirg‘iziston sobiq prezidentini javobgarlikka tortish va uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishga chaqirishgan edi. 02.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-02T16:41+0500
2021-02-02T16:41+0500
2021-02-02T16:41+0500
dunyoda
qirg‘iziston
soronbay jeenbekov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1290/59/12905958_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_e9067338c9ec5195c29ff4314ccd3105.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘tgan yili 5-6 oktabr kuni jabrlangan fuqarolarning Qirg‘iziston sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov ustidan yozgan arizasi 1-fevral kuni mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) va IIVga yo‘llandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar qilmoqda.Mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ariza yuborilgan, chunki MXDQ va IIV avvalroq 2020-yil 6-oktabrga o‘tar kechasi namoyishchilarni tarqatib yuborish vaqtida maxsus vositalardan qo‘llanilgani yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atgan.Yanvar oxirida Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga oktabr voqealaridan jabrlanganlarning arizasi kelib tushgan edi va ular sobiq prezidenti javobgarlikka tortishni talab qilishgan.Ariza mualliflari 5-oktabr kuni Ala-Too maydonida tashkil etilgan miting tinch xususiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan, ammo farmon olgandan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari namoyishchilarga qarshi maxsus vositalardan foydalanishni boshlashgan.Jabrlanganlar aynan Jeenbekov qurol qo‘llash to‘g‘risida farmon bergan deb hisoblashmoqda. Ular sobiq davlat rahbari javobgarlikka tortilishi zarurligini ma’lum qilishdi hamda uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishni talab qilishmoqda.Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 5-oktabr kuni parlament saylovlarini bekor qilish talabi bilan boshlangan miting Jogorku Kenesh binosini ishg‘ol qilish va mamlakatda hukumat o‘zgarishi bilan yaqinlandi. Soroonbay Jeenbekov oktabr o‘rtasida iste’foga chiqdi, muddatidan avvalgi prezident saylovlarida oktabr voqealari vaqtida qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov g‘alaba qozondi. 28-yanvar kuni u mamlakat rahbari vazifalarini bajarishga kirishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20201217/Sooronbay-Zheenbekov-va-uning-ukasi-Oliy-sudga-chairildi-15621177.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1290/59/12905958_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_1cf739c100c371fe2b76f9028c7c04eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, soronbay jeenbekov
dunyoda, qirg‘iziston, soronbay jeenbekov
Jeenbekov ustidan berilgan arizani Qirg‘iziston MXDQ va IIV ko‘rib chiqadi
Arizachilar avvalroq Qirg‘iziston sobiq prezidentini javobgarlikka tortish va uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishga chaqirishgan edi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘tgan yili 5-6 oktabr kuni jabrlangan fuqarolarning Qirg‘iziston sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov ustidan yozgan arizasi 1-fevral kuni mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) va IIVga yo‘llandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri
xabar qilmoqda.
Mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ariza yuborilgan, chunki MXDQ va IIV avvalroq 2020-yil 6-oktabrga o‘tar kechasi namoyishchilarni tarqatib yuborish vaqtida maxsus vositalardan qo‘llanilgani yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atgan.
Yanvar oxirida Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga oktabr voqealaridan jabrlanganlarning arizasi kelib tushgan edi va ular sobiq prezidenti javobgarlikka tortishni talab qilishgan.
Ariza mualliflari 5-oktabr kuni Ala-Too maydonida tashkil etilgan miting tinch xususiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan, ammo farmon olgandan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari namoyishchilarga qarshi maxsus vositalardan foydalanishni boshlashgan.
Jabrlanganlar aynan Jeenbekov qurol qo‘llash to‘g‘risida farmon bergan deb hisoblashmoqda. Ular sobiq davlat rahbari javobgarlikka tortilishi zarurligini ma’lum qilishdi hamda uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishni talab qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 5-oktabr kuni parlament saylovlarini bekor qilish talabi bilan boshlangan miting Jogorku Kenesh binosini
ishg‘ol qilish va mamlakatda hukumat o‘zgarishi bilan yaqinlandi. Soroonbay Jeenbekov oktabr o‘rtasida
iste’foga chiqdi, muddatidan avvalgi prezident saylovlarida oktabr voqealari vaqtida
qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov
g‘alaba qozondi. 28-yanvar kuni u mamlakat rahbari vazifalarini
bajarishga kirishdi.