Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovEks-prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov
Eks-prezident Kirgizstana  Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq O‘sh viloyati IIB boshlig‘i Abdilat Kaparov ishi yuzasidan jabrlanuvchi tomon sifatida sudga chaqirildi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Jogorku Kenesh deputati Asilbek Jeenbekov Oliy sud majlisiga taklif qilindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi xabar qilmoqda.

Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Iste’fo haqidagi qaror to‘g‘rimidi, buni tarix va vaqt ko‘rsatadi, dedi Jeenbekov

16 dekabr kuni sudlov hay’ati sobiq O‘sh viloyati IIB boshlig‘i Abdilat Kaparovning ishini ko‘rib chiqqan. U 2017-yildan buyon Soooronbay va Asilbek Jeenbekovlarga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplamaganlik uchun jazo muddatini o‘tab kelgan.

Ma’lum qilinishicha, kechagi sud majlisi davomida advokat Erkin Sadanbekovdan sudga jabrlanuvchi tomon – Jeenbekovlarni chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma kelib tushgan. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va majlis 12-yanvarga qoldirilgan.

Avvalroq OAV Kaparov aka-uka Jeenbekovlar 2010-yil iyun voqealari vaqtida vaziyatni tartibga solish uchun ajratilgan 3 million dollarni o‘zlashtirganliklari haqidagi gaplari uchun mahkum qilinganini xabar qilgan edi.

Sooronbay Jeenbekov 2010-yildagi voqealardan so‘ng O‘sh viloyatidagi hukumatning vakolatli vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

Yangiliklar lentasi
0