https://oz.sputniknews.uz/20210202/Khonanda-Zhasur-Umirov-5-yilga-amaldi-15920767.html
Xonanda Jasur Umirov 5-yilga qamaldi
Xonanda Jasur Umirov 5-yilga qamaldi
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., Sh. Q. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud... 02.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-02T19:41+0500
2021-02-02T19:41+0500
2021-02-02T20:13+0500
jamiyat
sud
o‘zbekiston
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1261/24/12612473_54:0:1183:635_1920x0_80_0_0_200887a082c18dabb51d13e7bb641e0b.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Bugun, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., Sh. Q. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga ko‘ra:A. Z. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 1-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;Sh. Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi va 241-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil 1-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210107/Tergov-departamenti-Zhasur-Umirov-ishi-byicha-yangi-tafsilotlarni-malum-ildi-15738771.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1261/24/12612473_195:0:1042:635_1920x0_80_0_0_389c65c8cf5ea78264d1f0204f3de3d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sud, o‘zbekiston, samarqand
jamiyat, sud, o‘zbekiston, samarqand
Xonanda Jasur Umirov 5-yilga qamaldi
19:41 02.02.2021 (yangilandi: 20:13 02.02.2021) Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., Sh. Q. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Bugun, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., Sh. Q. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga ko‘ra:
J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
A. Z. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 1-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
Sh. Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi va 241-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil 1-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.