Jamiyat

Tergov departamenti Jasur Umirov ishi boʻyicha yangi tafsilotlarni maʼlum qildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ishi boʻyicha tergovning ayrim tafsilotlarini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik.  Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ishi boʻyicha tergovning ayrim tafsilotlarini maʼlum qildi.
Jasur Umirov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi
Tergov jarayonida aniqlanishicha: 2020 yilning 13 iyun kuni Urgut tumani “Oqmachit” mahallasida yashovchi 2003 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan fuqaro, Kattaqoʻrgʻon tumani “Kattakoʻrpa” mahallasida yashovchi dugonasi 2003 yilda tugʻilgan fuqaroning tanishi xonanda Jasur Umirov bilan yaqindan tanishish uchun borganida, J.Umirov ularni tanishining uyiga olib borib, pivo spirtli ichimligini isteʼmol qildirib, uni ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkan. Bundan tashqari aniqlanishicha voyaga yetmagan jabrlanuvchining nomusiga yana ikki nafar J.Umirovning tanishlari tekkanligini maʼlum boʻlgan.
Avvaliga jabrlanuvchi J.Umirov u bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilgani sababli, uning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi va murojaatda koʻrsatilgan holatlar oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli Kattaqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandi (qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa)ga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishdan rad etish haqida qaror qabul qilingan, biroq jinoyat ishi nazorat tartibida oʻrganilib, tayinlangan qoʻshimcha ekspertizalar natijasiga koʻra, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan.
Oʻtkazilgan tergov harakatlari natijasiga koʻra, J.Umirovga Oʻzbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (shaxsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda nomusga tegish)bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, qolgan ikki nafar fuqaro A.Z. va SH.Q., larga esa 238-moddasi 1-qismi (yolgʻon guvohlik berish) hamda 241-moddasi 2-qismlari (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan ayblov eʼlon qilinib, shu kuni ularga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0