Jamiyat

Oʻzbekistonda necha kishi kovidga qarshi vaktsina oldi

© REUTERS / INQUAM PHOTOSMedsestra gotovit dozu vaktsinы ot koronavirusnoy bolezni (COVID-19)
Medsestra gotovit dozu vaktsinы ot koronavirusnoy bolezni (COVID-19) - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Koronavirusga qarshi ZF 2001 vaktsinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etdi.
TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi vaktsina olganligi maʼlum boʻldi.
06.01.2021 y. holatiga koʻra, koronavirusga qarshi ZF 2001 vaktsinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etdi.
Ularning hammasi ham vaktsina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, yaʼni vaktsina bilan bir xil koʻrinishga ega, oʻzida nomzod vaktsina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi.
Ushbu sinov ikki tomonlama nomaʼlum boʻlganligi uchun na shifokor va na koʻngilli vaktsina yoki platsebo olganini bilmaydi. 
6 yanvar kuni vaktsina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 82 nafar koʻngillini tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan “Sputnik V” vaktsinasini Oʻzbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan boʻlgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgandi.
 
Yangiliklar lentasi
0