https://oz.sputniknews.uz/20210201/Toshkentda-25-ming-dollar-evaziga-dkon-vada-ilgan--bozor-masuli-lga-olindi-15912644.html
Toshkentda 25 ming dollar evaziga do‘kon va’da qilgan bozor mas’uli qo‘lga olindi
Toshkentda 25 ming dollar evaziga do‘kon va’da qilgan bozor mas’uli qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
“Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ muhandisi va uning sherigi fuqaroga 25 ming dollar pora evaziga u yerda qurilishi rejalashtirilayotgan do‘konni auksion orqali... 01.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-01T15:47+0500
2021-02-01T15:47+0500
2021-04-08T14:21+0500
hodisalar
toshkent
pora
jinoyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/581/02/5810234_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_07939176ffbca4f8fb950d384fc6fb2c.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkentda “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJda qurilishi rejalashtirilgan do‘konni 25 ming dollarga auksion orqali olib bermoqchi bo‘lgan bozor mas’uli va uning sherigi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.Aniqlanishicha, bu yerda do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlovchi N.R. fuqaro D.B.ga mazkur savdo kompleksi hududidagi savdo do‘konlaridan birini olib berish masalasini bozor muhandisi A.S. orqali hal qilib berishini aytgan. Buning uchun 25 ming dollar so‘ragan.N.R. so‘ralgan mablag‘dan 9,4 ming dollarni olib, keyinroq qolgan 15,6 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.Undan keyin savdo kompleksi bosh muhandisi A.S. do‘kon sotuvchisidan 10 ming dollarni porani olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.Mazkur holat yuzasidan A.S. va N.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210201/Samarand-viloyatida-maktab-va-suv-chiarish-urilishi-baonasida-872-mln-sm-marildi-15909455.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/581/02/5810234_188:0:1088:675_1920x0_80_0_0_3e147ae56f1b440ae0642d09b8e0f80a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , toshkent, pora, jinoyat, o‘zbekiston
hodisalar , toshkent, pora, jinoyat, o‘zbekiston
Toshkentda 25 ming dollar evaziga do‘kon va’da qilgan bozor mas’uli qo‘lga olindi
15:47 01.02.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ muhandisi va uning sherigi fuqaroga 25 ming dollar pora evaziga u yerda qurilishi rejalashtirilayotgan do‘konni auksion orqali olib berishni va’da qilgan
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkentda “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJda qurilishi rejalashtirilgan do‘konni 25 ming dollarga auksion orqali olib bermoqchi bo‘lgan bozor mas’uli va uning sherigi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, bu yerda do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlovchi N.R. fuqaro D.B.ga mazkur savdo kompleksi hududidagi savdo do‘konlaridan birini olib berish masalasini bozor muhandisi A.S. orqali hal qilib berishini aytgan. Buning uchun 25 ming dollar so‘ragan.
N.R. so‘ralgan mablag‘dan 9,4 ming dollarni olib, keyinroq qolgan 15,6 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Undan keyin savdo kompleksi bosh muhandisi A.S. do‘kon sotuvchisidan 10 ming dollarni porani olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan A.S. va N.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.