Irgashev hind elchisi bilan Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© Mejdunarodniy press-klubSpespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev
Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar ta’lim sohasida, xususan, Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi orqali o‘zaro hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Hindiston elchisi O‘zbekistonga hind vaksinalari haqida axborot yetkazdi
"Tomonlar ta’lim sohasida, xususan, Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi orqali o‘zaro hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi", - deyiladi xabarda.
Suhbat davomida 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasidagi virtual Sammitning muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi ta’kidlandi hamda Afg‘oniston masalasida ikki tomonlama hamkorlikning ayrim jihatlari muhokama qilingan.
Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini boshlashga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari to‘g‘risida Hindiston tomoniga ma’lumot berilgan.
Hindiston elchisi Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash va afg‘onlararo inklyuziv muloqotlarni davom ettirishda O‘zbekistonning faol ishtirokini alohida qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0