Atambayev sobiq yordamchisi bosh vazir lavozimiga tavsiya qilindi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevUlukbek Maripov
Ulukbek Maripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston parlamentining ko‘pchilik deputatlar koalitsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga Ulukbek Maripovning nomzodini ma’qulladi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qirg‘iziston parlamentining ko‘pchilik deputatlar koalitsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga Ulukbek Maripovning nomzodini ma’qulladi.
Press-konferensiya S. Japarova po itogam viborov v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2021
“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga o‘xshagan yetakchilar ko‘p bo‘lganmi?
Nomzod “Respublika-Ata-Jurt” fraksiyasi tomonidan tavsiya qilindi, koalitsiya bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. Endi nomzodni tegishli qo‘mitalar va butun parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Agar nomzod deputatlik korpusi tomonidan ma’qullansa, prezident uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi.
Maripov hukumat tuzilishi va tarkibini o‘zgartirish niyati borligini ma’lum qildi. Hozirgi vazirlar mahkamasi 22 kishi o‘rniga 16 a’zo bo‘lishi, bosh vazir o‘rinbosarlari ham kamroq bo‘lishi mumkin va hukumat bo‘ysunadigan muassasalarda islohotlar amalga oshiriladi. Nomzod chorshanba kuni parlament yig‘ilishida bo‘lajak vazirlar ro‘yxatini taqdim etishini aytdi.
Ulukbek Maripov 41 yoshda, 2016-yildan beri Hisob palatasi raisi, qariyb 20-yildan buyon davlat xizmatida - Jo‘qorg‘i Kengashi, Moliya vazirligi, FVV, prezident devonida ishlagan. 2011-2015 yillarda Almazbek Atambayevning yordamchisi bo‘lgan.
Saylangan prezident Sadir Japarov 20-yanvar kuni bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqdi. Shu tariqa hukumat avtomatik ravishda iste’foga chiqdi, Vazirlar Mahkamasining barcha a’zolari "vazifasini bajaruvchi" qo‘shimcha bilan ishlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0