“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga o‘xshagan yetakchilar ko‘p bo‘lganmi?

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya S. Japarova po itogam viborov v Kirgizii
Press-konferensiya S. Japarova po itogam viborov v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sadir Japarov 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi. U 16 nafar raqibni 80 foizga yaqin ovoz bilan ortda qoldirdi.
Ayrim dunyo yetakchilari siyosiy olimpga chiqishdan avval sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lishgan. Sputnik Qirg‘iziston bunday davlat rahbarlari ro‘yxatini tuzdi.
Japarov siyosatga to‘g‘ri jazoni o‘tash koloniyasidan qaytdi, unga odamlarni garovga olish ayblov qo‘yilgan. 4-oktabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalaridan noroziligi sababli boshlangan tartibsizliklar vaqtida tarafdorlar uni ozod qilishdi. Olti kun so‘ng Japarov mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Besh kundan keyin u prezident Sooronbay Jeenbekovni iste’foga chiqishga majbur qildi va o‘zi davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishdi.
"Qamoq orqali" hokimiyatga kelgan boshqa davlatlarning rahbarlari:

Fidel Kastro

Kubalik inqilobchi va davlat arbobi 1953-yilda Santyago-de-Kuba shahridagi Monkadadagi harbiy kazarmaga bostirib kirishga muvaffaqiyatsiz urinishidan so‘ng qamoqxonaga tushadi. Aynan o‘shanda birinchi marta "Ozodlik yoki o‘lim!" degan mashhur shior yangradi.
© Sputnik / Vasiliy Malishev / Mediabankka o‘tishFidel Kastro v natsionalnoy uzbekskoy odejde vistupayet na mitinge v kolxoze "Kzil.
Fidel Kastro v natsionalnoy uzbekskoy odejde vistupayet na mitinge v kolxoze Kzil. - Sputnik O‘zbekiston
Inqilobiy harakat shafqatsizlarcha bostirildi, Fidel Kastroni harbiy tribunal sud qildi. U 15-yilga ozodlikdan mahrum etildi, ammo 1955-yil may oyida jamoatchilik fikri bosimi ostida isonchi amnistiya qilindi. Shu yili u Meksikaga ketdi.
Kastro davri 1959-yilda Kubada inqilob g‘alaba qozonganidan va Fulxensio Batista diktaturasi ag‘darilgandan so‘ng boshlangan. Yanvar oyida Kastro armiya qo‘mondonligini o‘z zimmasiga oldi, fevralda esa hukumat boshlig‘i lavozimini egalladi. U mamlakatni deyarli ellik yil - 2008-yilgacha boshqardi. So‘nggi yillarda u davlatni boshqarishdan nafaqaga chiqdi va hokimiyatni isonchilar armiyasida jang qilgan ukasi Raulga topshirdi.

Iosip Broz Tito

Bolqonning eng taniqli siyosatchilaridan biri Iosip Broz Tito davlat rahbari bo‘lishidan oldin ikki marta qamoqqa olingan. Bu birinchi martada Birinchi jahon urushi paytida yuz bergan, o‘sha vaqtda u Avstriya-Vengriya imperatorlik armiyasi tarkibiga jalb qilingan. Tito nima uchun hibsga olinganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Bir versiyaga ko‘ra, u isonga da’vat qilgani uchun hibsga olingan, boshqasiga ko‘ra esa u ruslar tomon qochmoqchi bo‘lgan. Nima bo‘lganidan qat’iy nazar, u tez orada to‘liq oqlandi.
© AFPIosip Broz Tito
Iosip Broz Tito - Sputnik O‘zbekiston
1928 yilda ikkinchi marta hibsga olindi, o‘shanda Tito besh yil og‘ir mehnatga hukm qilingan. U 1934-yil mart oyida ozod qilingan. Keyinchalik u Yugoslaviya Kommunistik partiyasining rahbarlaridan biriga aylandi. 1948-yilda u bosh vazir va tashqi ishlar vaziri bo‘ldi va 1953-yilda Tito prezident etib saylandi. U bu lavozimni umrining oxirigacha - 1980-yil mayigacha egallagan.

Vaslav Gavel

1989 yil 29-dekabrda Chexoslovakiyada hukumat tepasiga sotsialistik tuzumni taniqli tanqidchisi, dramaturg Vaslav Gavel keldi. Aslida hech qanday siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan odam post-kommunistik Chexoslovakiyaning birinchi prezidenti bo‘ldi va u qulaganidan keyin Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti bo‘ldi.
© Sputnik / Boris Prixodko / Mediabankka o‘tishVaslav Gavel
Vaslav Gavel - Sputnik O‘zbekiston
Hokimiyatga kelishdan oldin u bir necha bor hibsga olingan. Birinchi marta 1977-yilda davlat xizmatchisiga tajovuz qilganlikda ayblanib, hibsga olinda. Gavel bir necha oy qamoqda o‘tirdi, so‘ngra ish to‘xtatildi. 1979-yilda u yana - davlat to‘ntarishiga urinish uchun hibsga olingan va 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinchalik Gavel soxta ayblovlar bilan yana ikkita qamoq jazosini oldi. Nihoyat, u prezident etib saylanishidan olti oy oldin ozodlikka chiqqarilgan.

Ugo Chaves

Qattiqqo‘l va xarizmatik Venesuela yetakchisi Ugo Chaves 1992-yil boshida prezident Karlos Andres Peresni hokimiyatdan ag‘darishga urinish muvaffaqiyatsiz tugagandan so‘ng qamoqqa tushdi. Polkovnik Chaves hukumatga taslim bo‘lishidan oldin, uning yashirin harakati tomonidan uyushtirilgan davlat to‘ntarishiga urinish 18 kishining umriga zomin bo‘ldi va 60 kishi jarohatlandi.
© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishUgo Chaves
Ugo Chaves - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘lajak prezident ikki yilni qamoqda o‘tkazdi,  keyinchalik "Beshinchi respublika uchun harakat" partiyasini tuzdi. Chaves hukumatni kuch bilan ag‘darish tarafdori edi, ammo u taktikasini o‘zgartirib, 1998-yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga nomzodini qo‘ydi. Natijada u 56 foiz ovoz to‘plab, tinch yo‘l bilan hokimiyat tepasiga keldi. Keyinchalik Chaves uch marta - 2000, 2006 va 2012-yillarda qayta saylandi.

Nelson Mandela

Aparteid rejimiga qarshi afsonaviy kurashchi Janubiy Afrikaning birinchi qora tanli prezidenti bo‘lishidan oldin 27-yil qamoqda o‘tkazdi.
© AP Photo / Theana CalitzNelson Mandela
Nelson Mandela - Sputnik O‘zbekiston
U birinchi marta 1956-yilda hibsga olindi. Mandela va 156 Afrika milliy kongressi faollari davlatga xiyonat qilishda ayblandi, ammo to‘rt yillik sud jarayonida unga qo‘yilgan ayblovlar bekor qilindi.
Ko‘p o‘tmay Mandela yana hibsga olindi - sabotaj va hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darishga urinishda ayblandi. 1964-yilda u umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U 27-yilning o‘n yetti yilini bir kishilik kamerada o‘tkazdi, u yerda olti oy davomida faqat bitta tashrif va bitta xat olish huquqiga ega edi. Mandela eslashicha, kiruvchi xatlar ko‘pincha qamoqxona senzurasidan o‘tmagan. Qamoq paytida u London Universitetida sirtdan tahsil oldi va huquqshunoslik bakalavr darajasiga ega bo‘lgan.
U faqat 1990-yilda, Janubiy Afrikaning yangi yetakchisi davrida ozod qilindi. To‘rt yil o‘tib, Mandela prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi va 1999-yilgacha ushbu lavozimni egalladi. 1993-yilda u "aparteid rejimini tinch yo‘l bilan tugatishda ish olib borgani va Janubiy Afrikada yangi demokratiya uchun zamin yaratgani uchun" Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0