Toshkent viloyatida xizmat avtomobillari oldida raqs tushgan “erkatoylarga” chora ko‘rildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proverayut dokumenti
Sotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proverayut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari xizmat yuzasidan Toshkent viloyatiga kelishgan vaqtida besh kishi ularning mashinalari oldida raqsga tushib, uyatli xatti-harakatlar sodir etgan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatida Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlarining xizmat mashinalari oldida raqsga tushib, uyatli xatti-harakatlar sodir etgan kishilarga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.
Hodisa 28-yanvar kuni soat 20:00larda Olmaliq shahridagi Metallurg ko‘chasida joylashgan “Hilol” mehmonxonasi oldida ro‘y bergan.
Ikkita “Lasetti” maxsus xizmat avtomobillari oldida 38 yoshli E.Ch. va har biri 17 yoshli bo‘lgan B.U., B.M., B.R. va O.M.lar turli o‘yinlarga tushib, uyatli xatti-harakatlar qilishgan. Keyin buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborishgan.
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bir guruh fuqaro IIB xodimlariga o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatdi
Surishtiruv ishlari olib borilgan va to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborilgan.
Sud fuqaro E.Ch.ni O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (mayda bezorilik)sida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi va unga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Voyaga yetmagan 4 nafar bolalarning onalariga nisbatan ushbu kodeksning 47-modda (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)si 1-qismi tartibida har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llandi. Voyaga yetmagan shaxslar esa Olmaliq shahar 20-sonli IDUM ichki ro‘yxatiga olingan.
Yangiliklar lentasi
0