Toshkentda bir guruh fuqaro IIB xodimlariga o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan “Matiz” haydovchisi Qatortol ko‘chasida boshqaruvni yo‘qotgan. Avtomobil beton to‘siq ustiga chiqib to‘xtagan. Avtomashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro organ xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Bir necha fuqarolar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatmoqda” sarlavhali xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2020-yilning 31-dekabridan 2021-yilning 1-yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 04:00 larda sodir bo‘lgan. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasida “Matiz” haydovchisi YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan. Qatortol ko‘chasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil beton to‘siq ustiga chiqib to‘xtagan. 
Avtomashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatgan.
Fuqarolardan bir nafari ushlanib, tuman IIBga olib kelingan. Qolgan 3 nafar fuqaro hodisa joyidan yashiringan.
Hozirda barcha fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hodisa yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   
Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0