https://oz.sputniknews.uz/20210130/adr-immat-bilan-lishga-uu-EIning-yana-bir-mamlakati-evtanaziyaga-rukhsat-beradi-15899275.html
"Qadr-qimmat bilan o‘lishga" huquq: YeIning yana bir mamlakati evtanaziyaga ruxsat beradi
"Qadr-qimmat bilan o‘lishga" huquq: YeIning yana bir mamlakati evtanaziyaga ruxsat beradi
Sputnik O‘zbekiston
Bu nima - insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki su’iqasdga yordamlashish? Ushbu "jarayonni" amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi?.. 30.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-30T10:26+0500
2021-01-30T10:26+0500
2021-01-30T10:26+0500
jamiyat
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1e/15288551_0:204:3072:1942_1920x0_80_0_0_a3111feed4129398a5ff8789b2dc69da.jpg
Muallif: Svetlana Xolodnova, Sputnik radiosiChidab bo‘lmas azoblar va kasallikning terminal bosqichlari – evtanaziya jarayoniga ruxsat berilgan aksariyat davlatlarda asosiy sabablar xuddi shulardan iborat. Masalaning axloq va diniy jihatlari borasidagi bahslar tinmayotgan bo‘lsada, ammo bemor o‘lish huquqini tanlashga haqliligini tobora ko‘proq davlatlar tan olmoqda.Bu nima - insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki su’iqasdga yordamlashish? Ushbu "jarayonni" amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardan bo‘lsa kerak.Rossiya azoblardan qutulishning bunday usulini qonuniylashtirishga tayyor emas (va tez orada tayyor bo‘lishi ham dargumon), ammo, Yevropa ittifoqida o‘lishga bo‘lgan huquq yana bir mamlakatda tan olinishi mumkin.Portugaliya parlamenti evtanaziyani o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunloyihasini ma’qulladi. Endilikda hujjat kuchga kirishi uchun u prezident tomonidan ma’qullanishi lozim. Hujjatda insonga "hayotni to‘xtatishda yordam berish mumkin bo‘lgan" aniq shartlar bulgilangan: xususan, (o‘lim bilan tugaydigan kasalliklarning oxirgi bosqichlari va chidab bo‘lmas azob-uqubatlar shular jumlasidan), uni qanday va qayerda o‘tkazish mumkinligi, qancha va qanday shifokorlar bemor holatiga baho berishlari mumkinligi.Shu tariqa, Portugaliya yaqin ikki yilda evtanaziyaga ruxsat berilgan Yevropa Ittifoqining beshinchi mamlakati bo‘lishi mumkin. Hozirda evtanaziyaga Niderlandlarda, Belgiyada, Lyuksemburgda va Germaniyada ruxsat berilgan.Shveysariyaning Surixida jarayon 1941-yildan o‘tkazib kelinadi. Boshqa mintaqalar va qit’alarga keladigan bo‘lsak, azob chekayotgan insonlarga bu dunyoni qachon tarq etish borasida tanlash huquqini beradigan davlatlar unchalik ko‘p emas: bu Yangi Zelandiya, Kanada, Kolumbiya va Avstraliya. AQShda evtanaziya faqatgina sakkizta shtatlarda qonuniylashtirilgan. Isroil, Shvetsiya va Meksikada faqatgina muayan holatlarda ruxsat beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20190605/Niderlandiyada-jinsiy-zorovonlik-qurboni-bolgan-qiz-evtanaziya-qilindi-11697617.html
https://oz.sputniknews.uz/20160618/3065051.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1e/15288551_0:108:3072:2038_1920x0_80_0_0_1c537ed81e38d50e806bab397915554a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, dunyoda
"Qadr-qimmat bilan o‘lishga" huquq: YeIning yana bir mamlakati evtanaziyaga ruxsat beradi
Bu nima - insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki su’iqasdga yordamlashish? Ushbu "jarayonni" amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardir
Muallif: Svetlana Xolodnova, Sputnik radiosi
Chidab bo‘lmas azoblar va kasallikning terminal bosqichlari – evtanaziya jarayoniga ruxsat berilgan aksariyat davlatlarda asosiy sabablar xuddi shulardan iborat. Masalaning axloq va diniy jihatlari borasidagi bahslar tinmayotgan bo‘lsada, ammo bemor o‘lish huquqini tanlashga haqliligini tobora ko‘proq davlatlar tan olmoqda.
Bu nima - insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki su’iqasdga yordamlashish? Ushbu "jarayonni" amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardan bo‘lsa kerak.
Rossiya azoblardan qutulishning bunday usulini qonuniylashtirishga tayyor emas (va tez orada tayyor bo‘lishi ham dargumon), ammo, Yevropa ittifoqida o‘lishga bo‘lgan huquq yana bir mamlakatda tan olinishi mumkin.
Portugaliya parlamenti evtanaziyani o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunloyihasini ma’qulladi. Endilikda hujjat kuchga kirishi uchun u prezident tomonidan ma’qullanishi lozim. Hujjatda insonga "hayotni to‘xtatishda yordam berish mumkin bo‘lgan" aniq shartlar bulgilangan: xususan, (o‘lim bilan tugaydigan kasalliklarning oxirgi bosqichlari va chidab bo‘lmas azob-uqubatlar shular jumlasidan), uni qanday va qayerda o‘tkazish mumkinligi, qancha va qanday shifokorlar bemor holatiga baho berishlari mumkinligi.
Shu tariqa, Portugaliya yaqin ikki yilda evtanaziyaga ruxsat berilgan Yevropa Ittifoqining beshinchi mamlakati bo‘lishi mumkin. Hozirda evtanaziyaga Niderlandlarda, Belgiyada, Lyuksemburgda va Germaniyada ruxsat berilgan.
Shveysariyaning Surixida jarayon 1941-yildan o‘tkazib kelinadi. Boshqa mintaqalar va qit’alarga keladigan bo‘lsak, azob chekayotgan insonlarga bu dunyoni qachon tarq etish borasida tanlash huquqini beradigan davlatlar unchalik ko‘p emas: bu Yangi Zelandiya, Kanada, Kolumbiya va Avstraliya. AQShda evtanaziya faqatgina sakkizta shtatlarda qonuniylashtirilgan. Isroil, Shvetsiya va Meksikada faqatgina muayan holatlarda ruxsat beriladi.