Kanadada evtanaziyaga rasman ruxsat berildi

© GEOFF ROBINS / AFPOttava, Kanada
Ottava, Kanada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Evtanaziya to‘g‘risidagi yangi qonun faqat Kanada fuqarolari uchun amal qiladi. Undan ruhan sog‘lom va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan Kanada fuqarosi foydalanishi mumkin.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Kanada parlamenti evtanaziyaga rasman ruxsat beruvchi qonun qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti CBC News telekanalidan olingan ma’lumot asosida.

Juma kuni kechqurun ushbu qonun loyihasiga qirollik sanksiyasi kiritildi. Sal oldin esa mamlakat parlamentining yuqori palatasi – senat bu qonun loyihasini tasdiqlab bergan.

Ayni damda evtanaziya borasidagi yangi qonun faqat Kanada fuqarolari uchun amal qiladi. Undan ruhan sog‘lom va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan Kanada fuqarosi foydalana oladi.

Faol turdagi evtanaziyani legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bu Niderlandiya(2002 yil). Keyinchalik, og‘ir va tuzalmas darddan azob chekayotgan inson hayotini to‘xtatish(ya’ni, evtanaziya)ni tibbiy tomondan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun Belgiya, Lyuksemburg, Shveysariyada qabul qilindi. AQShning to‘rtta shtatida evtanaziyaga ruxsat bor. Bir qator davlatlarda passiv evtanaziyaga ruxsat berilgan, bunda tabiiy o‘lim holati tezroq ro‘y berishi uchun tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi, ya’ni bemor hayoti uchun kurash to‘xtatiladi.   

Yangiliklar lentasi
0