Konigil: Samarqandning xushmanzara turistik qishlog‘iga sayohat
Konigil: Samarqandning xushmanzara turistik qishlog‘iga sayohat
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida joylashgan Konigil - sayyohlar dam olishi, xalq amaliy san’atidan zavq olishi, milliy urf-odatlar, an’analar va taomlar bilan tanishishi uchun... 30.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
Qishloq aholisi hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va albatta o‘z mehmondo‘stligi bilan mashhurdir. Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mehmon uylari, dam olish zonalari, piyoda yo‘laklari, umumiy ovqatlanish shahobchalari. Bu yerda sayohatchilar dam olishlari, tabiatdan bahra olishlari, Siyob anhori bo‘ylab sayr qilishlari va milliy oshxona taomlaridan tatib ko‘rishlari mumkin.
Samarqand viloyatida joylashgan Konigil - sayyohlar dam olishi, xalq amaliy san’atidan zavq olishi, milliy urf-odatlar, an’analar va taomlar bilan tanishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan ajoyib turistik maskan
Qishloq aholisi hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va albatta o‘z mehmondo‘stligi bilan mashhurdir. Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mehmon uylari, dam olish zonalari, piyoda yo‘laklari, umumiy ovqatlanish shahobchalari. Bu yerda sayohatchilar dam olishlari, tabiatdan bahra olishlari, Siyob anhori bo‘ylab sayr qilishlari va milliy oshxona taomlaridan tatib ko‘rishlari mumkin.
Ushbu nodir sayyohlik obyekti Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan. O‘tgan yilning 16-oktabrida turistik obyektning tantanali ochilish marosimi doirasida "Konigil" fuqarolar yig‘iniga "turizm qishlog‘i" maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirilgan.
Mazkur fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlanish bo‘yicha xizmatlardan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog‘i" yoki "Turizm ovuli" maqomini beradi.
Bundan tashqari, bu yerda mahalliy an’analarni aks ettiradigan animatsiya markazlari faoliyat yuritadi. Yuqoridan turib go‘zal tabiat manzarasidan bahra olishni xush ko‘ruvchilar uchun maxsus pavilon mavjud.
Mashhur “Konigilmeros” hunarmandchilik markazida kulollar, duradgorlar, qadimgi an’analar asosida o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Mashhur “Konigilmeros” hunarmandchilik markazida kulollar, duradgorlar, qadimgi an’analar asosida o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Dunyoga mashhur Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish uchun novdalar po‘stlog‘idan ajratilib,suvda qaynatiladi.So‘ngra Siyob anhoridagi tegirmonda bo‘tqa holatiga kelguncha yanchiladi.
Tayyor massa suvga solinadi, maxsus elaklarda suvdan ajratiladi va presslanadi.Keyin tekis yuzaga yopishtirilib,quritiladi. Qurigan mahsulot qog‘oz holatiga keltirish uchun maxsus vositalari(tosh,hayvon shoxlari,chig‘anoqlar) yordamida silliqlanadi. Shu usulda qog‘ozning ikkala tomoni silliqlanib,ishga yaroqli holga keltiriladi