https://oz.sputniknews.uz/20210128/EOIIda-achon-yagona-valyuta-paydo-bladi-15886276.html
YeOIIda qachon yagona valyuta paydo bo‘ladi?
YeOIIda qachon yagona valyuta paydo bo‘ladi?
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov YeOIIda yagona valyuta joriy etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. 28.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-28T17:17+0500
2021-01-28T17:17+0500
2021-01-28T17:21+0500
iqtisod
yeoii
rossiya
qozog‘iston
belarus
armaniston
qirg‘iziston
o‘zbekiston
toshkent
olmaota
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/28/13922848_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_6bae8e149ecd0b164adca8a7c9f282fd.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari yagona valyutani joriy qilishdan avval bir qator shartlarni bajarish kerak bo‘ladi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yevroosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.Mutaxassis ta’kidlashicha, ilgari Yevroosiyo taraqqiyot banki ushbu yo‘nalishda qator ishlarni amalga oshirgan bo‘lib, YeOII davlatlari yagona valyutasi mavzusini o‘rganib chiqqan."Biz quyidagi xulosaga keldik: hozirgi holat, va u saqlanib qolmoqda, hech narsa o‘zgarmadi, yagona valyuta – o‘ziga xos “yevraz, oltin”ni joriy etish YaIMga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - dedi Vinokurov "Xalqaro hisob-kitoblarda YeOII milliy valyutalarining rolini oshirish" tahliliy hisobotining onlayn-taqdimotida.Uning fikriga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda, agar bir nechta shartlar bajarilsa, bu mavzuga qaytish mumkin. Ular orasida - ichki barqarorlik va savdo hajmining oshishi, o‘zaro investitsiyalarning ko‘payishi, valyuta bozorlarini tartibga solishni birlashtirish, pul-kredit siyosatida muvofiqlashtirilgan yondashuvlar.YeOII - 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma bo‘lib, unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.YeOII hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 5-fevralda Olmaotada bo‘lib o‘tadi. Unda YeOIIda yangi kuzatuvchi-davlat maqomini olgan O‘zbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210120/2025-yilda-EOII-integratsiyasining-birinchi-bosichi-yakunlanadi--Putin-15829479.html
qozog‘iston
belarus
armaniston
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/28/13922848_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_a2becd8a26bf2d0289be71afac17a0bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yeoii, rossiya, qozog‘iston, belarus, armaniston, qirg‘iziston, o‘zbekiston, toshkent, olmaota, valyuta, iqtisod
iqtisod, yeoii, rossiya, qozog‘iston, belarus, armaniston, qirg‘iziston, o‘zbekiston, toshkent, olmaota, valyuta, iqtisod
YeOIIda qachon yagona valyuta paydo bo‘ladi?
17:17 28.01.2021 (yangilandi: 17:21 28.01.2021) Yevroosiyo taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov YeOIIda yagona valyuta joriy etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari yagona valyutani joriy qilishdan avval bir qator shartlarni bajarish kerak bo‘ladi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yevroosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mutaxassis ta’kidlashicha, ilgari Yevroosiyo taraqqiyot banki ushbu yo‘nalishda qator ishlarni amalga oshirgan bo‘lib, YeOII davlatlari yagona valyutasi mavzusini o‘rganib chiqqan.
"Biz quyidagi xulosaga keldik: hozirgi holat, va u saqlanib qolmoqda, hech narsa o‘zgarmadi, yagona valyuta – o‘ziga xos “yevraz, oltin”ni joriy etish YaIMga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - dedi Vinokurov "Xalqaro hisob-kitoblarda YeOII milliy valyutalarining rolini oshirish" tahliliy hisobotining
onlayn-taqdimotida.
Uning fikriga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda, agar bir nechta shartlar bajarilsa, bu mavzuga qaytish mumkin. Ular orasida - ichki barqarorlik va savdo hajmining oshishi, o‘zaro investitsiyalarning ko‘payishi, valyuta bozorlarini tartibga solishni birlashtirish, pul-kredit siyosatida muvofiqlashtirilgan yondashuvlar.
"Agar YeOII doirasida taraqqiyotga erishilsa, unda yagona valyuta mavzusiga qaytish mumkin bo‘ladi. Menimcha, bu mavzu yaqin o‘n yillik kun tartibida bo‘lmaydi", - deya xulosa qildi Vinokurov.
YeOII - 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma bo‘lib, unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.
YeOII hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 5-fevralda Olmaotada bo‘lib o‘tadi. Unda YeOIIda yangi kuzatuvchi-davlat maqomini olgan
O‘zbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.