https://oz.sputniknews.uz/20210127/Evropa-Rossiya-bilan-munosabatlarini-utarishga-urinmoda--z-kelazhagini-am-15877152.html
Yevropa Rossiya bilan munosabatlarini qutqarishga urinmoqda – o‘z kelajagini ham
Yevropa Rossiya bilan munosabatlarini qutqarishga urinmoqda – o‘z kelajagini ham
Sputnik O‘zbekiston
Kuni kecha Italiya Aleksey Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Undan sal ilgariroq Moskvaga qarshi... 27.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-27T16:45+0500
2021-01-27T16:45+0500
2021-01-27T16:45+0500
kolumnistlar
yevropa ittifoqi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873584_0:95:2725:1635_1920x0_80_0_0_40081c649c2b524c9a333f8837430a05.jpg
Bundan tashqari, chexlar TIV Pragadagi Rossiya elchisini chaqirtirishdi.Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi yakuniga ko‘ra yangi Rossiyaga qarshi choralar to‘g‘risida aniq takliflar kelib tushmaganini ma’lum qilganda, ilhomlangan g‘ayrat hech narsa bo‘lib qoldi. Ro‘y bergan taajjubli voqeani Slovakiya TIV rahbari tushuntirishga urinib ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa Ittifoqi behad faqatgina sanksiyalar siyosatiga suyanishni istamasligini isbotlamoqchi”. Shuningdek, Ivan Korchok 10 kundan keyin, 5-fevral kuni, Jozep Borrel Moskvaga Sergey Lavrov bilan uchrashgani ketayotganini eslatdi. U yerda Jozep uchun, Slovakiya siyosatchisining ta’kidlashicha, ushbu mavzu asosiy bo‘ladi.Umuman olganda, oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi Moskva bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirishdan orqaga tislandi.Ammo ushbu qadam foydasiga keltirilgan dalillar, yumshoq qilib aytganda, ishonarsiz ko‘rinadi. Yetti yili ichida – allaqachon yetti (!) – Yevropa Rossiya bilan kurashda hech qachon bunday ochiqchasiga tormozlanmagandi. Sanksiyalarning o‘zi ham allaqachon quruq an’anaga aylanib bo‘ldi. Eskilari uzaytiriladi, yangilari kiritiladi – bu ikki tomonlama munosabatlar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.O‘z o‘zidan savol tug‘iladi: YeIning kutilmagan qadami ortida aslida nima turibdi?Javobni Moskvaning Yevropaga nisbatan sustlashmagan pozitsiyasidan qidirish lozim.Navalniy bilan bog‘liq lo‘ttibozlikning asosiy xususiyati uni Germaniya Yevroittifoqning faol ko‘magida boshlab o‘ynaganidir.2016-2017 yillardan boshlab Rossiyaga qarshi siyosat masalasi bo‘yicha g‘arb birligi ko‘p jihatdan rasmiyatchilikka aylandi. Unda YeI AQSh va Buyuk Britaniya ko‘rsatgan yo‘ldan ketayotgandi. Aynan Vashington va London mamlakatimizga qarshi eng jirkanch operatsiyalar tashkilotchilari bo‘lishgan.Berlin blogerni “Novichok” bilan zaharlash haqidagi qoyilmaqom safsatani tarqatib, aynan qaysi maqsadlarga intilganini muhokama qilish va tortishish mumkin. Ammo allaqachon ravshanki, ular orasida Moskva bilan hamkorlikka qarshi harakat qilish qilish niyati bo‘lmagan. GFR Brussel ko‘magida “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazib va ishga tushirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilayotgani bundan dalolat beradi.Hoynahoy, nemislar biror bir hozirgi tashqi siyosiy masalalarini hal etish uchun inglizlar va amerikaliklar tomonidan Skripal ishidagi, Suriyadagi “kimoviy hujum” va boshqa “Kremlning jinoyatlarida” tayyorlangan usullardan foydalanishga ahd qilgan. Aftidan, o‘z xatti-harakatlarining keng ko‘lamli oqibatlarini haqiqatdan kutishmagan.Va ular uchun Moskvaning keskin munosabati surpriz bo‘lgan. Bunday bo‘lishi oldindan ma’lum edi.AQSh va Britaniya Rossiyaning giyosiyosiy g‘animidir. Rossiyani ular bilan strategik hamkorlik bog‘lamaydi. Aynan shuning uchun Vashington va London o‘zlarining rusofobida xayollar parvozi bilan cheklangan.Biroq Yevropa uchun – Germaniya uchun esa ayniqsa – Rossiya bilan hamkorlik o‘ta muhim, ustiga ustak, uning ahamiyatliligi kun sayin emas, soat sayin o‘sib bormoqda. Shunday ko‘rinishda ular Navalniy atrofida blek-jek va yengiltak qizlar bilan o‘zlarining ko‘ngilochar bog‘ini uyushtirishdi. Ko‘rinishidan, ular Moskva bundan o‘ta g‘azablanganidan hayratlanishdi.Vaziyat Oq uyga yangi ma’muriyat kelishi bilan G‘arbiy Yevropa okean ortidagi nazoratdan xalos bo‘lishning qiyin va xavfli bosqichiga qadam qo‘ygani bilan chuqurlashmoqda. Mana endi ilgari uni ham og‘izda va amalda YeIning geosiyosiy mustaqilligini o‘zgarmasdan qo‘llab kelayotgan Rossiya bilan munosabatlarda Navalniy bilan bog‘liq voqea tufayli jiddiy muammolari paydo bo‘ldi. Moskva yordamisiz bu muvaffaqiyatga bo‘lgan yo‘l jozibasiz bo‘lib ko‘rinadi, jarayon esa qiyin va qimmat bo‘lishga va’da bermoqda.YeI lokomotivi sifatida G‘arbiy Yevropa uchun eng dolzarb mavzu Rossiya bilan munosatlarni tiklash bo‘lgani ajablanarli emas.Brusselning so‘nggi qarorlari aynan shu masalalarni hal qilishga qaratilgan: yangi sanksiyalar mavzusi qulay bahona bilan nomuayan muddatga qoldirildi, Yevropaning bosh diplomati esa Moskvaga muammolarni hal qilish va kelishib olish umidida yo‘l olgan.Biroq yodda tutish kerakki, birinchi navbatda Berlin ishni chalkashtirdi. Shunday ekan u ham bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shishga hozirlanishi darkor.Manba.
https://oz.sputniknews.uz/20201222/Rossiya-Navalnyy-bilan-boli-vaziyat-tufayli-EI-sanktsiyalariga-zhavob-aytaradi--15653904.html
https://oz.sputniknews.uz/20201130/EI-tufayli-ishsiz-olgan-latviyalik-balichilar-Rossiyaga-kchib-tdi-15501621.html
https://oz.sputniknews.uz/20200721/Parchalanish-muarrar-Nega-EI-zaiflarga-rdam-berish-trisida-izin-bas-uyushtirdi-14591674.html
https://oz.sputniknews.uz/20210115/AQSh-Evropa-kompaniyalariga-yangi-sanktsiyalar-bilan-dadaa-ilmoda-15796151.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873584_0:9:2725:1721_1920x0_80_0_0_2c17d58ce5ac3d930e49d130356dd5f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
kolumnistlar, yevropa ittifoqi, rossiya
kolumnistlar, yevropa ittifoqi, rossiya
Yevropa Rossiya bilan munosabatlarini qutqarishga urinmoqda – o‘z kelajagini ham
Kuni kecha Italiya Aleksey Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Undan sal ilgariroq Moskvaga qarshi “amaliy sanksiyalar” g‘oyasini Fransiya, Polsha, Chexiya va hokazolar qo‘llab-quvvatladi.
Bundan tashqari, chexlar TIV Pragadagi Rossiya elchisini chaqirtirishdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi yakuniga ko‘ra yangi Rossiyaga qarshi choralar to‘g‘risida aniq takliflar kelib tushmaganini ma’lum qilganda, ilhomlangan g‘ayrat hech narsa bo‘lib qoldi. Ro‘y bergan taajjubli voqeani Slovakiya TIV rahbari tushuntirishga urinib ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa Ittifoqi behad faqatgina sanksiyalar siyosatiga suyanishni istamasligini isbotlamoqchi”. Shuningdek, Ivan Korchok 10 kundan keyin, 5-fevral kuni, Jozep Borrel Moskvaga Sergey Lavrov bilan uchrashgani ketayotganini eslatdi. U yerda Jozep uchun, Slovakiya siyosatchisining ta’kidlashicha, ushbu mavzu asosiy bo‘ladi.
Umuman olganda, oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi Moskva bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirishdan orqaga tislandi.
Ammo ushbu qadam foydasiga keltirilgan dalillar, yumshoq qilib aytganda, ishonarsiz ko‘rinadi. Yetti yili ichida – allaqachon yetti (!) – Yevropa Rossiya bilan kurashda hech qachon bunday ochiqchasiga tormozlanmagandi. Sanksiyalarning o‘zi ham allaqachon quruq an’anaga aylanib bo‘ldi. Eskilari uzaytiriladi, yangilari kiritiladi – bu ikki tomonlama munosabatlar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
O‘z o‘zidan savol tug‘iladi: YeIning kutilmagan qadami ortida aslida nima turibdi?
Javobni Moskvaning Yevropaga nisbatan sustlashmagan pozitsiyasidan qidirish lozim.
Navalniy bilan bog‘liq lo‘ttibozlikning asosiy xususiyati uni Germaniya Yevroittifoqning faol ko‘magida boshlab o‘ynaganidir.
2016-2017 yillardan boshlab Rossiyaga qarshi siyosat masalasi bo‘yicha g‘arb birligi ko‘p jihatdan rasmiyatchilikka aylandi. Unda YeI AQSh va Buyuk Britaniya ko‘rsatgan yo‘ldan ketayotgandi. Aynan Vashington va London mamlakatimizga qarshi eng jirkanch operatsiyalar tashkilotchilari bo‘lishgan.
Berlin blogerni “Novichok” bilan zaharlash haqidagi qoyilmaqom safsatani tarqatib, aynan qaysi maqsadlarga intilganini muhokama qilish va tortishish mumkin. Ammo allaqachon ravshanki, ular orasida Moskva bilan hamkorlikka qarshi harakat qilish qilish niyati bo‘lmagan. GFR Brussel ko‘magida “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazib va ishga tushirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilayotgani bundan dalolat beradi.
Hoynahoy, nemislar biror bir hozirgi tashqi siyosiy masalalarini hal etish uchun inglizlar va amerikaliklar tomonidan Skripal ishidagi, Suriyadagi “kimoviy hujum” va boshqa “Kremlning jinoyatlarida” tayyorlangan usullardan foydalanishga ahd qilgan. Aftidan, o‘z xatti-harakatlarining keng ko‘lamli oqibatlarini haqiqatdan kutishmagan.
Va ular uchun Moskvaning keskin munosabati surpriz bo‘lgan. Bunday bo‘lishi oldindan ma’lum edi.
AQSh va Britaniya Rossiyaning giyosiyosiy g‘animidir. Rossiyani ular bilan strategik hamkorlik bog‘lamaydi. Aynan shuning uchun Vashington va London o‘zlarining rusofobida xayollar parvozi bilan cheklangan.
Biroq Yevropa uchun – Germaniya uchun esa ayniqsa – Rossiya bilan hamkorlik o‘ta muhim, ustiga ustak, uning ahamiyatliligi kun sayin emas, soat sayin o‘sib bormoqda. Shunday ko‘rinishda ular Navalniy atrofida blek-jek va yengiltak qizlar bilan o‘zlarining ko‘ngilochar bog‘ini uyushtirishdi. Ko‘rinishidan, ular Moskva bundan o‘ta g‘azablanganidan hayratlanishdi.
Vaziyat Oq uyga yangi ma’muriyat kelishi bilan G‘arbiy Yevropa okean ortidagi nazoratdan xalos bo‘lishning qiyin va xavfli bosqichiga qadam qo‘ygani bilan chuqurlashmoqda. Mana endi ilgari uni ham og‘izda va amalda YeIning geosiyosiy mustaqilligini o‘zgarmasdan qo‘llab kelayotgan Rossiya bilan munosabatlarda Navalniy bilan bog‘liq voqea tufayli jiddiy muammolari paydo bo‘ldi. Moskva yordamisiz bu muvaffaqiyatga bo‘lgan yo‘l jozibasiz bo‘lib ko‘rinadi, jarayon esa qiyin va qimmat bo‘lishga va’da bermoqda.
YeI lokomotivi sifatida G‘arbiy Yevropa uchun eng dolzarb mavzu Rossiya bilan munosatlarni tiklash bo‘lgani ajablanarli emas.
Brusselning so‘nggi qarorlari aynan shu masalalarni hal qilishga qaratilgan: yangi sanksiyalar mavzusi qulay bahona bilan nomuayan muddatga qoldirildi, Yevropaning bosh diplomati esa Moskvaga muammolarni hal qilish va kelishib olish umidida yo‘l olgan.
Biroq yodda tutish kerakki, birinchi navbatda Berlin ishni chalkashtirdi. Shunday ekan u ham bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shishga hozirlanishi darkor.