YeI tufayli ishsiz qolgan latviyalik baliqchilar Rossiyaga ko‘chib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Kaliningrad
Goroda Rossii. Kaliningrad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeI Boltiq dengizida baliq ovlashni ta’qiqlaganidan so‘ng Latviyada baliqchilar ishsiz qolishdi. Ularga kompensatsiya evaziga kemalarini metallomga topshirish taklif qilindi. 

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqining qarori tufayli ishsiz qolgan latviyalik bir necha baliqchilar oilasi Rossiyaga ko‘chib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Latvija.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning oktabr oyida YeI Boltiq dengizida bir necha turdagi baliqlarni ovlashni ta’qiqlagan edi. Sharqiy boltiq treskasi ovlashga ixtisoslashgan latviyalik baliqchilar buning oqibatida ishsiz qolishdi. Ularga kompensatsiya evaziga baliq ovlovchi kemalarini metallomga topshirish taklif qilindi. 

Lekin Avotinsh ismli baliqchi bunga rozi bo‘lmadi. O‘z kasbini yo‘qotganidan so‘ng u Latviyani tark etishga qaror qildi. 

"Rossiya meni va mening baliqchi do‘stlarimni juda yaxshi kutib oldi. Ular ham bir vaqtlar Boltiq dengizida baliq ovlashar edi, lekin  Yevroittifoqning keskin siyosati tufayli o‘z kemalarini metallomga topshirishga majbur bo‘lishdi", - deydi Avotinsh. 

Baliqchilar aytishiga ko‘ra, ular YeIdan kompensatsiya olishgan, lekin bu yetkazilgan zararni to‘liq qoplamaydi. 

"Deylik, o‘sha pulning bir qismiga men eskigina nemis mashinasini sotib oldim, qolganini yeb-ichib tugatdim.Axir ishlash kerak-ku, Hozir esa Latviyada baliqchilar ishlay olmaydi", - deydi suhbatdosh. 

Avotinsh o‘z baliqchi do‘stlari bilan Uzoq Sharq hududiga ko‘chib o‘tishgan qaror qilgan. U yerda "hayot ham qiziqroq, baliq ham to‘lib-toshib" yotibdi. 

Yangiliklar lentasi
0