Endi prezident o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni afv etishi mumkin

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy
Zaklyuchenniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish tartibi belgilandi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Farmonga ko‘ra, prezidentning islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalarining Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari bo‘yicha sho‘’basi – O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalarining fuqarolik va afv etish sho‘’basi etib o‘zgartirildi.
Endilikda prezident mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning afv etishni so‘rab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin.
Bu haqda Sho‘’baga prezidentning topshiriq xati yuboriladi.
Sho‘’ba prezidentdan topshiriq xatini olgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida prezident huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha Komissiyasi a’zolariga majlis o‘tkazilishi kuni va joyi haqida xabar beradi.
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 58 nafar mahkumni avf etdi
Komissiya majlisi yakunida bo‘yicha Sho‘’ba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning shaxsini va hujjatlarini o‘rganish uchun ishchi guruhlar shakllantiriladi va ularning joylarga chiqishi tashkil etiladi.
Ishchi guruh Komissiya muhokamasiga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan ularga nisbatan afv etish masalasi ko‘rib chiqilishiga e’tirozi yo‘qligi haqida rozilik xati oladi. Rozilik xatiga zarur hujjatlar ilova qilinadi.
Mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs rozilik xatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.
Komissiya ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan  hujjatlarni muhokama qilib, afv etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlar yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar bo‘yicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va prezidentga taklif kiritadi.
Komissiyaning mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi, ularga kelgusida afv etishni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0