Shavkat Mirziyoyev 58 nafar mahkumni avf etdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan o‘z aybini to‘liq tan olib, tuzalish yo‘liga qat’iy kirishgan 58 nafar mahkum avf etildi, ulardan 44 nafari ozodlikka chiqarildi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Farmonga muvofiq, 58 nafar fuqaro afv etildi. Ulardan 41 nafari shartli ravishda ozod qilindi, 3 nafariga jazo turi yengilrog‘iga almashtirildi. Afv etilganlarning 2 nafarini ayollar tashkil etadi, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari 14 nafar mahkumlarga ozodlikdan mahrum etish jazosining muddati qisqartirildi.

Shu bilan birga, afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi, - deyilgan xabarga.

Yangiliklar lentasi
0