https://oz.sputniknews.uz/20210126/zbekistonga-2020-yilda-asosan-aysi-davlatlardan-tashrif-buyurishdi-15870301.html
O‘zbekistonga 2020-yilda asosan qaysi davlatlardan tashrif buyurishdi
O‘zbekistonga 2020-yilda asosan qaysi davlatlardan tashrif buyurishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yili O‘zbekistonga 1,5 million chet ellik tashrif buyurgan. Bu 2019-yilga qaraganda 77,7 foizga kam. Kelganlarning asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni... 26.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-26T17:32+0500
2021-01-26T17:32+0500
2021-01-26T17:34+0500
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15549103_0:0:3222:1822_1920x0_80_0_0_0296355915c52bbdca267b8c444d94f2.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2020-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.O‘tgan yili 2 million O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadlarda chet elga ketgan. Bu ko‘rsatkich 2019-yilga qaraganda 76,3 foizga kam.MDH davlatlaridan 1,4 million kishi kelgan (tashrif buyurganlarning 94,4 foizi), boshqa davlatlardan esa 83,8 ming kishi (yoki 5,6 foiz) kelgan.O‘zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi: Qirg‘iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8 foiz), Qozog‘iston - 424,1 ming kishi (28,2 foiz), Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4 foiz), Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4 foiz),Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4 foiz), Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1 foiz) va Belarus - 1,6 ming kishi (0,1 foiz).Mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni yo‘qlash bo‘lgan (87,8 foiz). Sayyohlik maqsadida – 8,6 foiz, davolanish maqsadida – 1 foiz, xizmat yuzasidan – 1,2 foiz, tijorat uchun – 1,1 foiz, o‘qish uchun – 0,3 foiz chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210109/Pandemiya-davridagi-turizm-Abduakimov-2021-yil-byicha-rezhalarni-malum-ildi-15748610.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15549103_0:0:3222:2026_1920x0_80_0_0_a3cd543938132591059a3a91650810db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm
O‘zbekistonga 2020-yilda asosan qaysi davlatlardan tashrif buyurishdi
17:32 26.01.2021 (yangilandi: 17:34 26.01.2021) O‘tgan yili O‘zbekistonga 1,5 million chet ellik tashrif buyurgan. Bu 2019-yilga qaraganda 77,7 foizga kam. Kelganlarning asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni yo‘qlash bo‘lgan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2020-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi
hisobotida keltirilgan.
O‘tgan yili 2 million O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadlarda chet elga ketgan. Bu ko‘rsatkich 2019-yilga qaraganda 76,3 foizga kam.
MDH davlatlaridan 1,4 million kishi kelgan (tashrif buyurganlarning 94,4 foizi), boshqa davlatlardan esa 83,8 ming kishi (yoki 5,6 foiz) kelgan.
O‘zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi: Qirg‘iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8 foiz), Qozog‘iston - 424,1 ming kishi (28,2 foiz), Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4 foiz), Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4 foiz),Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4 foiz), Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1 foiz) va Belarus - 1,6 ming kishi (0,1 foiz).
Mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni yo‘qlash bo‘lgan (87,8 foiz). Sayyohlik maqsadida – 8,6 foiz, davolanish maqsadida – 1 foiz, xizmat yuzasidan – 1,2 foiz, tijorat uchun – 1,1 foiz, o‘qish uchun – 0,3 foiz chet el fuqarolari tashrif buyurgan.