TIV Latviyada Sputnik va Baltnews jurnalistlarining hibsga olinishini keskin qoraladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZdanie MID Rossii.
Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Baltnews va Sputnik Latviya portallarining rus tilida so‘zlashadigan jurnalistlariga nisbatan Latviya hukumatining xatti-harakatlarini keskin qoraladi.

Avvalroq Sputnik yaqin xorij portali ma’lum qilishicha, OAV xodimlari Latviya Jinoyat qonunining 84-moddasi bo‘yicha - Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimini buzganlikda ayblanmoqda. So‘roqlardan so‘ng, ulardan mamlakatni tark etmaslik to‘g‘risida tilxal olingan. Ularga nisbatan jarimadan tortib qamoqgacha bo‘lgan jazo qo‘llanilishi mumkin.

Rukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva  - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya bosh muharriri OBSEga OAVga bosim haqida so‘zladi

“Latviya davlat xavfsizlik xizmatining 3-dekabr kuni Riga shahridagi Sputnik burosi xodimlari va rusiyzabon jurnalistlarga qarshi olib borgan tajovuzkor harakatlarini - demokratik jamiyat asoslari - ommaviy axborot vositalari va so‘z erkinligini buzishning, chidab bo‘lmaydigan namunasi, deb hisoblaymiz. Eslatib o‘tamiz, jurnalistlar qo‘lga olingan, so‘roq va tintuv amalga oshirilib, jinoiy ayblovlar qo‘yilgan", - deyilgan TIV veb-saytidagi bayonotda.

Vazirlikda ta’kidlanishicha, Sputnik Latviya jamoasini Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimini buzganlikda ayblash qat’iyan nomaqbul.

"Ushbu cheklovlar shaxsiy xarakterga ega, "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselevga shaxsan tegishli va mediaxolding bilan hamkorlik qilayotgan barcha kishilarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas", - deyilgan vazirlikda.

Shuningdek, "bir vaqtning o‘zida Baltnews axborot agentligining rus tilida so‘zlashadigan jurnalistlari va Latviyadagi bir qator jamoat arboblari ta’ziqqa uchradi”.

"Buning hammasi haqiqiy jazolash aksiyasi, uydirma ayblovlarning tubma’nosida rusofob qarashlar bo‘lganligiga hech qanday shubha yo‘q. Bu masala YeXHT vazirlar kengashida ko‘tariladi", - deyilgan xabarda.

Vazirlik YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha yangi vakili bo‘layotgan voqealarni e’tiborsiz qoldirmasligiga va OAVlariga nisbatan "bunday hujumlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik", shuningdek "so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish zarurligi"ni Latviyaga ko‘rsatib o‘tishiga umid bildirdi.

"Biz Yevropa Ittifoqi tomonidan ham adekvat baho berilishiga umid qilamiz", - deb xulosa qildi Rossiya vazirligi.

O‘z navbatida, “Rossiya segodnya” va RT bosh muharriri Margarita Simonyan o‘zining Telegram-kanalida Rossiya Baltnews va Sputnik Latviya xodimlariga nisbatan jinoiy ta’qibga javob berishiga umid bildirdi.

Rukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva  - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya bosh muharriri OBSEga OAVga bosim haqida so‘zladi

Xuddi shunga o‘xshash vaziyat o‘tgan yili Estoniyada ham yuz bergandi. Mamlakat politsiyasi va chegara xizmati boshqarmasi rahbariyati Sputnik Estoniya xodimlarini, agar ular bosh tashkilot bilan ishlashni to‘xtatmasa, ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan qo‘rqitgandi. Ushbu harakatlar Yevropa Ittifoqining 2014-yil 17-martdagi bir qator jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalari bilan izohlandi. Biroq, YeI cheklovlari “Rossiya Segodnya” XAAga (uning tarkibida Sputnik) emas, balki shaxsan agentlikning bosh direktori Dmitriy Kiselevga qarshi qaratilgan.

YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir avval ta’kidlaganidek, Tallin Yevropa Ittifoqining shaxsiy sanksiyalarini Sputnik Estoniya butun jamoasiga qo‘llash istagi ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasida muammo tug‘dirmoqda.

Prezident Vladimir Putin Sputnik Estoniya atrofida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha izoh berganda, “Rossiya hukumati Sputnik’ning boshqa mamlakatlarda ishlashini qo‘llab-quvvatlash borasida barcha choralarni ko‘rmoqda”, deb ta’kidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0