Eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazilishi bo‘yicha topshiriq berildi

© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli RUzPremyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov
Premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazilishi bo‘yicha topshiriq berdi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Urganch shahridagi studiyadan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, unda hukumat komissiyasi a’zolari, vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari jalb etilgan holda investitsiya va eksportning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Lyudi ujinayut bez sveta - Sputnik O‘zbekiston
Elektr ta’minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari aytildi

Xabarda yozilishicha, tadbirkor va eksportchilar bugungi kunda mavjud investitsiya va eksport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator tizimli va xususiy tusga ega muammolarga duch kelayotgani aniqlangan.

Ishbilarmonlarni samarali qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida korxonalarga chiqqan holda tadbirkor va eksportchilar bilan bevosita ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda tijorat banklarining xodimlarini hududlarga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ularning vazifalari etib tadbirkorlarning mavjud muammolarini aniqlash va ularni tezkor hal etish, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish va eksport hajmini ko‘paytirish uchun yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlash belgilandi.

Tadbirda investitsiya va tashqi savdo faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi alohida omillar ham atroflicha o‘rganilib, tegishli rahbarlarga manzilli ko‘rsatmalar berildi.

“Xususan, eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi”, - deyilgan xabarda.

TIV rahbariyati va O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga alohida ko‘rsatmalar berildi. Ular xorijiy ishbilarmon doiralar bilan yaqindan hamkorlik va tashqi bozorlardagi mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilish orqali mahalliy eksport mahsulotlari uchun bo‘lajak investor va mijozlarini jalb etish maqsadida ish olib borishlari kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0