Yangi tarkibda: AQSh Moliya vazirligi dollarni qulatishga tayyor

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishDollar
Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodchilar prognozlari quvonarli emas. Demokratlarning hukumat tepasiga kelishi 2021-yilda dollarning 20 foizga pasayish ehtimolini “jiddiy oshirishi" aytilmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Amerika valyutasi ikki yillik minimumgacha quladi – unga birdaniga bir necha omillar bosim o‘tkazmoqda. Moliyachilar dollar natijada o‘zining yarim qiymatini yo‘qotadi deb hisoblashmoqda. Bunda Amerika Moliya vazirining xizmati bor, uni Federal zaxiraning sobiq rahbari Janet Yellen boshqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Qulash qanchalik bo‘lishi mumkin – batafsil RIA Novosti materialida.

Past daromadlilik

Dekabr oxirida dollar indeksi besh yarim foizga pasaydi. Investorlarni AQSh iqtisodiyotiga yangi chop qilingan va hech narsa bilan ta’minlanmagan dollarning keng ko‘lamli kelib qo‘shilishi sergaklantirmoqda.
Greta Tunberg - Sputnik O‘zbekiston
Dollar qirolligi yakunida XVJ barchani yangi "yashil qirolga" bo‘ysundirmoqchi
Bosma mashinalar inflyatsiyani tezlashtirishi muqarrar, ammo Federal zaxira tizimi (FZT) allaqachon maqsadlarini o‘zgartirdi: “o‘rtacha ikki foiz” (avvalgi “ikki foiz” o‘rniga). Bu agar inflyatsiya kutilgandan oshsa, asosiy stavkani ko‘tarmaslik uchun qilindi. Ya’ni regulyator foizlar nol atrofidagi darajada saqlab qolish niyatida. Bu iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq dollarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Investorlar dollarli aktivlarga sarmoya kiritishdan daromadlilikni yo‘qotib, boshqalarini qidirishmoqda, xatarliroq variantlari bo‘lsa ham, “Reuters” valyuta strateglari so‘rovi buni ko‘rsatdi.
“Dollar avvalgidek barcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha haddan ziyod baholangan, FZT siyosati ham buni bartaraf etadi”, - deydi “Societe Generale” valyuta strategiyasi rahbari Kit Juks.
Kursi valyut - Sputnik O‘zbekiston
Dollar taqdiri: jiddiy tebranishlar yuz beradimi?
Ekspertlar noyabrdayoq ogohlantirishgandi: yangi prezident Jo Bayden boshqaruvida Amerika valyutasini oldini olib bo‘lmaydigan qulash kutmoqda. Demokratlar rejalarida qo‘shimcha fiksal stimullar va yangi yordam to‘plami bor – qariyb uch trillion. Bu dollarni uzoq muddatga zaiflashtiradi, chunki budjet taqchilli ko‘payishi va ularni qoplash uchun zaruriy tashqi qarzning o‘sishi tus oladi. Amerika valyutasiga vaksinaning tarqalishi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ellik foizga

Iqtisodchilar prognozlari quvonarli emas. “Citigroup” banki baholariga ko‘ra, demokratlarning hukumat tepasiga kelishi 2021-yilda dollarning 20 foizga pasayish ehtimolini “jiddiy oshiradi”. “Morgan Stanley Asia” direktorlar kengashi sobiq raisi Stiven Rouch shunga o‘xshash ssenariyni ma’lum qilgandi.
Taniqli moliyachi Jim Rikards yanada noxushroq vaziyatni bashorat qilmoqda. U AQShning natijada qarz muammosi bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelishi, uni hal qilish esa dollarning 50 foiz devalvatsiyasini talab qilishini ta’kidlamoqda.
Iqtisodchi bir paytning o‘zida oltin unsiyasi uchun 15 ming, kumush esa 100 dollarga qimmatlashinini prognoz qilmoqda. U AQSh xalqaro moliya tizimida Amerika ustunligiga qarshi chiqqan qator davlatlar bosimi ostida qolganini tushuntiradi. Gap birinchi galda Rossiya va Xitoy haqida bormoqda. Moskva va Pekin dollarni zaxiralardan siqib chiqarib, ko‘p oltin sotib olmoqda.
“So‘nggi bir necha yil mobaynida Rossiya oltin-valyuta zaxiralarini sezilarli oshirdi. Qolaversa, Moskvaning tashqi qarzi unchalik ko‘p emas. Ruslarning qimmatbaho metallarga pul tikishi anchadan buyon sir emas, rubl – dunyoda eng oltin bilan ta’minlangan valyuta”, - deya tushuntiradi tahlilchi.

O‘z qo‘llari bilan

Bayden jamoasi ishga kirishmoqda. Barcha vazirliklar rahbari o‘zgaradi. Moliya vaziri lavozimini Federal zaxira tizimining sobiq rahbari Janet Yellenga ishonib topshirishmoqda, “Bloomberg” u “Amerika eksporti uchun zaif dollar afzalligini bir necha mart reklama qilganini” eslatmoqda.
Dollari SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Dollar uchun gilotina qayerda tayyorlanmoqda va u qachon ishga tushadi
Bu iqtisodchilarni hushorlikka chorlamoqda. Klinton prezidentligi davrida moliya vaziri va Barak Obama ma’muriyatining Milliy iqtisodiy kengash rahbari bo‘lgan Larri Sammersning so‘zlariga qaraganda, “dunyo moliyaviy tizimidagi dollarning ustunlik roli Xazinachilikka majburiyatlarni sinchkovlik bilan ijro etilishi mas’uliyatini yuklaydi”.
Sobiq AQSh moliya vaziri va “Goldman Sachs” sobiq bosh direktori Henk Polson ham Yellenga tavsiyalar berdi. “Foiz stavkalari tarixiy minimumda, federal qarz esa Ikkinchi jahon urushidan keyingiga qaraganda ham ko‘proq”, - deya ta’kidlaydi iqtisodchi. – Davlat qarzini birdan o‘sishini to‘xtatish o‘ta muhim. Bo‘lmasa dollar ertami yoki kech qadrsizlanadi. Vashington o‘z majburiyatlarini bajara olmaydi”.
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
"Kalmar-vampir" vahima qilmoqda: dollar dunyo valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin
“Qo‘shma Shtatlar raqobat afzalligini olish maqsadida zaifroq valyutaga intilmayapti, boshqa mamlakatlarning buni amalga oshirishiga qarshi kurashishimiz shart”, - deya ishontirdi moliya vaziri lavozimiga nomzod Senatning moliya qo‘mitasi yig‘ilishida.
Shunday bo‘lsa ham, bo‘lajak moliya vaziri amerika valyutasidan hech qanday yaxshilikni kutib bo‘lmaydigan balandparvoz bayonot berib bo‘lgandi: iqtisodiyotga likvidlikni keng ko‘lamli qo‘shishga chaqirgan edi. “Bloomberg” investorlar uchun bu dollarning uzoq muddatli pastlashish trendiga  signal deb hisoblamoqda.
AQShning har qanday holatda dollarni “tushirib yuborishiga” to‘g‘ri keladi: bu savdo taqchilligini qisqartirish uchun muhim. Va bu, ehtimol, Bayden uchun iqtisodiyotni tiklashning yagona yo‘lidir.
Yangiliklar lentasi
0