Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov O‘FA prezidentining maxsus sovrini bilan taqdirlandi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOdil Axmedov nagrajden spetsialnoy nagradoy prezidenta AFU
Odil Axmedov nagrajden spetsialnoy nagradoy prezidenta AFU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odil Ahmedov “Milliy terma jamoa yuragi”, Eldor Shomurodov esa asosiy nominatsiya “O‘zbek futbolining yorqin yulduzi”sovriniga loyiq deb topildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 2021-yildan boshlab yangi an’anani yo‘lga qo‘ymoqda.
Assotsiatsiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endilikda o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan, O‘zbekiston dovrug‘ini jahon maydonlarida taratayotgan va mamlakatda futbol ommaviyligini oshirishda muhim o‘rin tutgan futbolchi va mutaxassislar O‘FA prezidentining maxsus sovrinlari bilan taqdirlanadi.
Odil Axmedov otkril svoyu futbolnuyu akademiyu v Natsionalnom universitete Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Odil Ahmedov Milliy universitetda o‘z futbol akademiyasini ochdi
O‘FA majlislar zalida o‘tgan taqdirlash marosimida assotsiatsiya prezidenti Abdusalom Azizov, birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov va bo‘linmalar rahbariyati ishtirok etdi.
Bu yil ushbu taqdirlash jarayoni birinchi bor yo‘lga qo‘yildi va unda 5 ta nominatsiya joriy etildi.
O‘tgan mavsumda muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozongan, milliy jamoalar safida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Yil kashfiyoti” nomiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbek futboli afsonasi Gennadiy Denisov “Milliy terma jamoa faxriysi” sovriniga munosib deb topildi.
Eldor Shomurodov vo vremya igri - Sputnik O‘zbekiston
Fenomen va Jenoaning so‘nggi umidi – Italiya OAVi Shomurodovdan hayratda
Ham maydonda, ham uning tashqarisida barchaga o‘rnak bo‘ladigan, har bir terma jamoaning ramziga aylangan futbolchi Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy jamoasidagi mardonavor harakati va fidoyiligi uchun “Milliy terma jamoa yuragi” sovrini bilan taqdirlandi.
Italiyaning “Jenoa” klubi safida sermahsul va yuqori darajali o‘yin ko‘rsatib, o‘zbek futbolini jahonga yanada tanitayotgan Eldor Shomurodov asosiy nominatsiya “O‘zbek futbolining yorqin yulduzi”sovriniga loyiq deb topildi.
Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Soliyev “O‘zbek futboli rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun” sovrini bilan taqdirlandi.
Yangiliklar lentasi
0